"Navbahor" matbuot xizmati: "Oston O'runov klubdan ketmagan"
03 iyu 2019 15:03
Yangiliklar


"Navbahor" matbuot xizmati: "Oston O'runov klubdan ketmagan"
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Oston O'runov jamoani tark etgani haqida xabarlar tarqaldi.
"Navbahor"ning ikki etakchisi va "Nasaf" futbolchisi "Lokomotiv" nishonida
Biz vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida "Navbahor" matbuot xizmatiga murojaat qildik.
"Yo'q bu xabarlar noto'g'ri. Oston O'runov hozirda klubda", - deb javob berdi klub matbuot kotibi Ulug'bek Umarov championat.asia saytiga.
Malumot uchun, kecha O'zbekiston Liga kubogi 2-turi doirasida "Navbahor" jamoasi Namanganda "Mashal"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Oston O'runov ana shu bellashuvda ishtirok etmadi. Namangandagi uchrashuv vaqtida Oston Toshkentda o'tkazilgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" (3:1) uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar