"Navbahor": “Mashal”ga imkoniyatni boy berdik
08 fev 2014 20:00
Yangiliklar

"Navbahor": “Mashal”ga imkoniyatni boy berdik
Biroz vaqt oldin “Navbahor” hamda “Mashal” jamoalari o'rtasidagi nazorat o'yini yakuniga etdi.
O'yin davomida qor kuchli tarzda yoqqan bo'lsada, tomonlar ikkinchi marotaba uchrashuvni keyinroq muddatga qoldirishni lozim topishmadi. Yodingizda bo'lsa 2 fevralga rejalashtirilgan bahs aynan ob-havoning noqulayliklari sababli qoldirilgandi. Uchrashuvning birinchi bo'limida Mo'ydin Mamazulunov tomonidan kiritilgan ikki gol muborakliklarning 2:0 hisobidagi g'alabasini taminladi.
Uchrashuvni "Navbahor" quyidagi tarkibda o'tkazdi: Xurshid Xo'jaev, Mahsud Hayitov, Azizbek G'ulomxo'jaev, Timur Yafarov, Robbim Hasanov, Azim Ahmedov, Orif Mamadjanov, Sobir Hamidov, Ilhom Boydedaev, Alisher SHog'ulomov, Elyor Jahonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Azam Aliev, Rahmatullo Berdimurodov, Botir To'raboev, Otabek Valijonov, Alisher Mahmudov, Abdumalik Abdullaev, Durbek Umaraliev.
Jamoamiz 10 fevral kuni Zarafshonning “Qizilqum” klubiga qarshi nazorat o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishgan. Agarda ob-havo noqulayliklari yuzaga kelmaydigan bo'lsa o'yin belgilangan muddatda o'tkaziladi. SHundan so'ng futbolchilarimiz yangi haftada start oladigan PFL kubogidagi ishtiroklarini boshlashadi.

Fikrlar