So’nggi yangiliklar

22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  0 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  1 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2 18:58Ана холос! "Атлетико Мадрид" Нголо Кантени Европага қайтармоқчи   2 18:35Музаффар Олимжонов: "Кейинги учрашувларда ҳам шу темпда давом этишимиз керак"   1 18:14"Челси" фақатгина ушбу трансфер ойнасида 156,3 млн (!) фунт стерлинг сарфлади  5 17:52Месси "Интер Майами"нинг қолган футболчиларидан алоҳида шуғулланмоқда  1 17:30Расман: Аарон Ван-Биссака "Вест Хэм" билан 7 (!) йиллик шартнома имзолади  3 17:15"Реал" футболчилари УЕФА Суперкубоги ўтказиладиган Варшавага ҳашаматли кўринишда келишди  24 16:55ОКМК - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1

"Navbahor" - "Mashal" uchrashuvidan so'ng Yangiliklar

"Navbahor" - "Mashal" uchrashuvidan so'ng

"Navbahor" - "Mashal" uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Birinchi bo'limda yaxshi o'ynagandik. Ko'plab vaziyatlarda darvozabonimiz jamoani goldan saqlab qoldi. Ammo, afsuski birinchi goldan so'ng jamoa bo'shashib ketdi. Ikkinchi goldan so'ng vaziyatni o'nglash qiyinligi oydek ravshan edi. "Navbahor"ning xaqli g'alaba bilan tabriklayman. Afsuski, Namanganda ulardan ochko olishni uddalay olmadik. Umuman olganda, bu yilgi mavsumda "Navbahor" uy uchrashuvlarini muvaffaqiyatli o'tkazib kelmoqda. Bu erda faqatgina "Lokomotiv" va "Paxtakor" qiyinchilik bilan g'alaba qozonishgan. "SHerlar" qo'shib berilgan daqiqalardagina 3 ochkoga ega bo'lishdi. "Bunyodkor" ham durang bilan ortiga qaytgan. Biz ham uyimizga ijobiy natija bilan yo'l olishdan umid qilgandik.

- O'yinimiz boshidan qovushmadi. Maydon markazida to'pni nazorat qilmoqchi edik. Raqibimiz ham himoyamizda xatoga yo'l qo'yishimizni kutdi. Agarda birinchi taymda hujumchimiz Zohir Qo'ziboevning imkoniyati gol bilan yakun topganida, uchrashuv taqdiri umuman boshqacha ko'rinish xosil qilgan bo'lar edi. "Mashal" hisobni birinchi bo'lib ochganida, vaziyat o'zgacha ko'rinishda bo'lardi. Golga tortadigan xolatlarni ko'p yarata olmadik.

- Darvozabonlarni nechta to'p qaytargani emas, o'tkazib yuborgan gollariga qarab baxolashadi. Afsuski, bugun Botir Nosirovning to'pga chiqishda muvaffaqiyatsiz o'ynashi birinchi golga olib keldi. Himoyachilar ham bazi vaziyatlarda ikkinchi qavatdagi kurashlarda raqibga engilishdi, - deydi Xomyakov.

Matbuot anjumani ikkinchi qismida "Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.
- Birinchi bo'limda imkoniyatlardan foydalan olmadik, lekin zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirishdi. Kerakli bo'lgan natijaga erishdik. Raqib o'yinchisining qizil kartochka olishi ham bizning foydamizga ishladi. "Mashal" ham jangovor yaxshi jamoa. Muborakliklar beshinchi o'rin uchun kurashishmoqda. Yigitlar maydonda ko'pchilik bo'lib qolishganidan so'ng bemalolroq harakat qila boshlashdi. Bugun bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat.

- Terma jamoaga ketishdan avval ham "Andijon" bilan o'yin oldidan shogirdlarimga har bir o'yinda maydonga g'alaba uchun chiqish kerakligini aytib ketganman. CHunki "Andijon" va "Neftchi" bilan kechadigan bellashuvlar "derbi" maqomida bo'ladi. CHempionat yakunlanishiga yana ikkita tur qoldi. Murabbiy sifa tida mavsumdan qoniqish xosil qilmadim. "Vodiy derbisi"da ko'proq ochko to'plashimiz zarur edi. Afsuski bizlarga omad kulib boqmadi. Oltinchi o'rin uchun kurash faqat "Olmaliq" va bizning o'rtamizda kechmaydi.

"Qizilqum" hamda "Dinamo"da ham 6- o'ringa ko'tarilish imkoni mavjud. Bugungi mag'lubiyatidan so'ng "Metallurg"ning imkoniyatlari kamayib ketdi. Mavsum boshidan beri aytib kelamiz, maqsadimiz - 5-6 o'rinlarni qo'lga kiritish. Lekin, "Andijon" va "Neftchi"ga yutqazganimiz va autsayderlar bilan bo'lib o'tgan o'yinlar bizga qimmatga tushdi, 5- o'ringa kurashishimiz qiyin bo'ldi. So'nggi ikkita o'yin yaxshi bo'lishi kutilmoqda. Fikrimcha, bu yilgi mavsumda "Olmaliq" ham ijobiy natijalarga erishmoqda. Ularda ham yaxshi murabbiy ishaydi. Bir tomondan "Navbahor" va "Olmaliq" singari jamoalar 6- o'rin uchun kurashishi noto'g'ri. Bizning moliyaviy axvolimiz o'ozircha "Olmaliq", "Metallurg" darajasida emas. Yanagi mavsumda homiylarimiz qo'llab-quvvatlab turishsa, o'z oldimizga boshqa maqsad qo'yib, selekciya ishlarini olib borib, yuqoriroq o'rinlar uchun kurashishimiz kerak. Sababi, 6- o'ringa intilish noto'g'ri. Muxlislar ham "lochinlar"ni yuqori pog'onalarda ko'rishni istashadi. Ammo, buning uchun vaqt talab etiladi. Moliyaviy xolat ham yaxshi bo'lishi lozim. SHunda biz barcha istagan natija uchun harakat qilsak bo'ladi.

- O'yinga qarab tarkib tanlaymiz. Misol uchun bugun zaxira o'rindig'imizdan Mansur Saidov, Ilhom Boydedaev, Tohir SHamsiddinov, Alisher Mahmudov, SHahboz Erkinov kabi asosiy tarkib o'yinchilari joy egallashdi Bu ham bizning yutug'imiz sanaladi. O'tgan yilgi mavsum oxirida "Navbahor"ning tarkibini ko'rib chiqqanman. So'nggi turlarga kelib, jamoada o'ynatgani o'yinchi qolmagandi. Xudoga shukur, bizda shunaqangi tanlash imkoniyati bor. Kerakli paytda o'yinni kuchaytirish uchun Saidov yoki Erkinovni maydonga tushiramiz. Bu o'yinchilarga etirozim yo'q. Lekin, maydonga 18 emas 11 futbolchini tushiraman, - deydi Ashurmatov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика