"Navbahor" markaziy stadioni 22 ming o'rindiqli bo'ldi
06 jan 2014 21:50
Yangiliklar

"Navbahor" markaziy stadioni 22 ming o'rindiqli bo'ldi
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan - “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada musobaqalari yosh sportchilarimiz uchun tom manoda mahorat va chiniqish maktabi vazifasini o'tamoqda.
“Barkamol avlod” sport musobaqalariga 2014 yilda Namangan viloyati mezbonlik qiladi.
Ayni kunlarda yoshlarimizning yuksak sport cho'qqilarini zabt etish yo'lidagi muhim bosqichlardan biri bo'lgan “Barkamol avlod” musobaqalarining yuqori saviyada o'tishini taminlashga qaratilgan tayyorgarlik ishlari, jumladan, mavjud sport inshootlarini rekonstrukciya qilish, tamirlash va yangilarini qurish borasidagi ishlar qizg'in davom etmoqda. Ushbu nufuzli tadbirning tantanali marosimlari “Navbahor” markaziy stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Prezidentimizning 2011 yil 19 yanvardagi “2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori asosida “Navbahor” stadionida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli rekonstrukciya ishlari natijasida bugun mazkur majmua yanada ko'rkam va zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Markaziy darvozadan kiraverishda ikki tomondan yuqorilab borgan zinalar go'yo mehmonlarga quchoq ochayotgandek. Majmuaning asosiy obekti - maydon to'rt faslda ham ko'm-ko'k yashnab turadigan maysa bilan qoplangan.
Sportchilar, hakamlar, murabbiylar va mamuriyat uchun mo'ljallangan xonalar, anjumanlar zalida barcha qulayliklar yaratilgan. Muhandislik taminoti talablariga ko'ra, yigirma ikki ming tomoshabinga mo'ljallangan o'rindiqlar pastki va yuqori qavatlarga bo'lingan. Nogironlar uchun ham alohida sektor ajratilgan.
Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan to'rtta yoritish minorasi stadionning tunda ham kunduzgiday charog'on bo'lishini taminlaydi. Video tablo, zamonaviy audiosistema moslamalari va boshqa axborot-kommunikaciya texnologiyalari bilan taminlangan sharhlovchilar xonasi muxlislarni zarur malumotlar bilan tezkor ravishda xabardor qilib borish, o'yinlarni to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatish, tele va radio translyaciya sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Mamuriy binoda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun keng va shinam xonalar ajratilib, zamonaviy axborot-kommunikaciya vositalari bilan taminlangan.
Ayni paytda mamuriy binoda pardozlash, elektromontaj, santexnika, havo almashtirish, past kuchlanishli elektr manbasi tarmoqlarini tortish va jihozlash ishlari nihoyasiga etkazilmoqda.
- “Barkamol avlod” musobaqalari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha inshootlar, ishtirokchilar joylashtiriladigan mehmonxona va yotoqxonalar hamda boshqa ijtimoiy-maishiy obektlarni tayyorlash bo'yicha ham qatiy jadval asosida ish olib borilayotir, - deydi Namangan viloyati hokimligining yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi mutaxassisi Rivojiddin Egamberdiev. - Bu borada tender qiymati 25 milliard 738 million so'mlikdan ziyod qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish ko'zda tutilgan. Musobaqalar tashkil etiladigan “Do'stlik” tennis korti, “Pahlavon”, “Barkamol avlod” sport majmualari, Namangan davlat universiteti, Namangan muhandislik-pedagogika, Namangan muhandislik texnologiya institutlari, Olimpiya zaxiralari, tibbiyot, sanat kollejlari, xizmat ko'rsatish kasb-hunar kollejining yotoqxona va sport zallari, Oliy sport mahorati maktabi inshootlarida keng ko'lamdagi tamirlash va rekonstrukciya ishlari olib borilmoqda.
Bir so'z bilan aytganda, Namanganda “Barkamol avlod - 2014” musobaqalarini har jihatdan yuksak saviyada o'tkazish uchun tayyorgarlik ishlari qizg'in olib borilmoqda.

Fikrlar