So’nggi yangiliklar

09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  3 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0

"Navbahor", "Lokomotiv" va "Metallurg"ning g'alabasiz seriyasi qachon tugaydi? - Superliganing 15-turi haqida Yangiliklar

"Navbahor", "Lokomotiv" va "Metallurg"ning g'alabasiz seriyasi qachon tugaydi? - Superliganing 15-turi haqida

Kechagi uchrashuvlar bilan Superliganing 15-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.

Biz esa turning qiziqali malumotlari, faktlari bilan o'rtoqlashamiz. 

- Sunnatilla Abdullajonov "Olimpik" safida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Bunga qadar "Olimpik" safida 2001 yildan oldin tug'ilgan futbolchilar umuman maydonga tushmagan edi.

- Jasur Hakimov "Lokomotiv" tarkibidagi debyut golini urdi.  SHu tariqa, 30 yoshli futbolchi O'zbekiston chempionatida 9 ta turli klub tarkibida gol urishga erishdi. 

- Jamoalar tarixidagi barcha 4 ta o'yinda ham darvozalarga gol urildi. 

- "Lokomotiv"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 12 ta o'yinga etdi. 

- "Dinamo" 2017 yildan buyon mehmonda "Neftchi"ni mag'lub eta olayotgani yo'q. 

- Manuchehr Safarov joriy mavsum Superligada ilk bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. 

- "Metallurg" himoyachisi Azizbek Pirmuhammedov Superligada debyut golini urdi.

- "Bunyodkor" himoyachisi Boburbek Yo'ldoshev 995 kundan so'ng Superligada gol urdi.

- "So'g'diyona" himoyachisi Islomjon Qobilov 1194 kundan so'ng Superligada gol urdi. 

- "Nasaf" yarim himoyachisi Javohir Sidiqov ketma-ket 9-yil (o'zi maydonga tushgan barcha yillarda) Superligada gol urdi.

- "Paxtakor" Maksim SHackix boshchiligida "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchrata olayotgani yo'q. "SHerlar" so'nggi marotaba 2021 yil Piter Xyuistra murabbiyligi davrida raqibidan ustun kelgan. 

- "Bunyodkor" o'z maydonida "Andijon"ga mag'lubiyatga uchramaslik seriyasini davom ettirdi, 14 o'yin, 13 g'alaba, 1 durang. "Burgutlar" Toshkentdagi yagona ochkosini 2012 yil qo'lga kiritgan. 

- "Andijon" bu mavsumda safardagi birinchi mag'lubiyatini "Bunyodkor"dan qabul qilib oldi. 

- Sergey Lushchan o'zi boshqargan jamoalarda Mirjalol Qosimov jamoalarini yutishni uddasidan chiqa olmayapti, 4 o'yin 4 mag'lubiyat. 

- OKMKning albaniyalik hujumchisi Kleydi Dacidan ajoyib yurish, u 2 ta uchrashuvda raqib darvozasiga 3 bor yo'l topdi. 

- Olmaliqliklarning xorvatiyalik legioneri Mixael Klepac Superligadagi debyut goliga mualliflik qildi. 

- Mirjalol Qosimov shogirdlari o'z maydonidagi so'nggi 4 ta uchrashuvda 4 ta g'alabani qo'lga kiritdi. 

- "Lochinlar" Superligada ketma-ket 7 o'yinda maydonni 3 ochkosiz tark etdi. 

- "Metallurg" elitada g'alaba qozonmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. 

- "Nasaf" va "Navbahor" bu mavsum o'z maydonida hali mag'lubiyatga uchragani yo'q. 

- "Bunyodkor" joriy yil hisobidan safarda hali yutuqni o'ziniki qilmadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика