So’nggi yangiliklar

11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  1 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  5 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29

“Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuviga barcha chiptalar sotib bo'lindi. Stadion sig'imi 21 913 tomoshabin Yangiliklar

“Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuviga barcha chiptalar sotib bo'lindi. Stadion sig'imi 21 913 tomoshabin

Namanganlik muxlislar ertaga bo'lib o'tadigan “Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni intiqlik bilan kutishayotganligi ayni haqiqat.

Barchaga malumki, O'zbekiston futbol Assosiaciyasi Superligadan o'rin olgan uchrashuvlarni haqiqiy bayramga aylanishi uchun bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Aynan bu sayi-harakatlar samarasi o'laroq stadionlarga yana  muxlislar qaytmoqda. Qolaversa, uchrashuvlarni murosasiz va keskin tarzda kechayotganligi ham ishqibozlarni xursand qilmoqda.

Xabaringiz bor, “Navbahor” futbol klubi ham Superliga o'yinlariga o'ziga xos tayyorgarlik bilan kirib keldi. Xususan, “Navbahor” futbol klubining taqdimot marosimi ham katta bayramga aylanib ketgandi. O'tgan vaqt davomida Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda keng qo'lamdagi ishlar olib borildi. Birinchi navbatda o'yingoh O'zbekiston professional futbol ligasi talablaridan kelib chiqqan holda jihozlandi.

Muxlislar uchun qulayliklar yaratish va ularning talabini qondirish maqsadida o'yin paytida stadion atrofida 12ta savdo shahobchalari ishqibozlar xizmatida bo'ladi. SHuningdek, klub atributikalari bilan savdo qiladigan do'konchalar ham tashkil etilib, “Navbahor” ramzi tushirilgan, futbolka, polo, sharf va kepkalar sotilmoqda. Bundan tashqari, muxlislar uchrashuvni tomosha qilishga oilaviy tashrif buyurishlari uchun o'yingohda oilaviy sektor ham tashkil etildi.

Oldinlari uchrashuvlar uchun chiqarilgan chiptalar faqat o'yin kunlari sotuvga chiqarilardi. Bu yildan bu borada ham yangilikka qo'l urildi. Yani, uchrashuvga kirish chiptalari 14 martdan sotuvga chiqarildi. CHiptalar Namangan shahridagi uchta yirik bozor va o'yingoh kassalarida sotildi. SHuni aytib o'tish joizki o'yin uchun chiqarilgan chiptalarning asosiy qismi bugungi kunga kelib sotib bo'lindi.


"Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuviga barcha chiptalar muxlislar tomonidan xarid qilindi. Bu esa 17 mart kuni 21 913 nafar muxlisni o'z bag'riga sig'diradigan “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan uchrashuvga qiziqishni juda yuqori ekanligidan darak bermoqda. CHipta olmoqchi bo'lgan muxlislar navbatda turib ham chiptalar xarid qilishdi. Bir so'z bilan aytganda “Navbahor”  va “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda stadion muxlislar bilan to'lishi va Namanganda katta futbol bayrami nishonlanishi aniq.

O'yin boshlanishidan avval stadionga yig'ilgan muxlislar uchun estradamiz yulduzlari chiqish qiladi. Jumladan, Namangandagi mavsumning ochilish uchrashuvida O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan stadionga keladigan muxlislar uchun sovg'a sifatida estradamiz yulduzlari kuylaydi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonovni “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvini tomosha qilish uchun Namanganga tashrif buyurishi ham namanganlik muxlislarning xursand qilmoqda.

Ertaga muxlislarni Namangandagi “Markaziy” o'yingohga chorlab qolamiz. Bayram tadbirlari soat 18:00dan boshlanadi. O'zbekiston Superligasi 3-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv esa soat 20:00da start oladi.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика