"Navbahor": Legionerlarimiz termaga chaqirildi, ammo...
01 iyu 2016 17:59
Yangiliklar
"Navbahor": Legionerlarimiz termaga chaqirildi, ammo...
Lekin, so'nggi pallada termamizning navbatdagi raqibi Ekvotarial Gvineya terma jamoasini Toshkentga kela olmasligi malum bo'lgach, tezkor raqib topishni imkoni bo'lmadi. SHu sababli, terma jamoalar markazi milliy terma jamoamizga qarshi O'zbekiston chempionatida to'p surayotgan legionerlardan tashkil topgan jamoani maydonga tushishini malum qildi. Aynan shu sababli, “Navbahor” legionerlari Igor Golban, Vladislav Pavlenko va Oleksandr Pishurlar ham markaz tomonidan 1-3 iyun kunlari bo'ladigan yig'inga chaqirilishdi. Lekin, Golban va Pishurlar ushbu yig'inda qatnasha olishmaydi. Gap shundaki, chempionatda yuzaga kelgan kichik tanaffusdan foydalanib, ushbu futbolchilarimiz Buxorodagi uchrashuvdan so'ng o'z yurtlariga jo'nab ketishgandi. Pavlenko esa Toshkentda qolgandi. SHu sababli, ertaga bo'lib o'tadigan o'yinda “Navbahor”dan faqatgina Vladislav Pavlenko maydonga tushishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar