

Ertalabki mashg'ulotlar yakunlangach, futbolchilarga ikki kunlik tatil e'lon qilindi. Rejaga ko'ra “Navbahor” navbatdagi yig'inlarni Toshkentda o'tkazadi. Aynan shu maqsadda jamoamiz a'zolari 19 yanvar kuni poytaxtda to'planishadi. Navbatdagi mashg'ulotlar esa fevral oyiga qadar davom etadi. Jamoamiz a'zolari shu vaqt oralig'ida Toshkentdagi muhtasham “O'zbekiston” mehmonxonasida istiqomat qilib, mashg'ulotlarda qatnashishadi. Ushbu yig'in davomida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarining o'tkazish ham rejalashtirilgan. Shu bilan birgalikda, Toshkentdagi yig'inda tarkibga belaruslik himoyachi Yuriy Rijko ham qo'shiladi. Shuningdek, serbiyalik hujumchi Aleksandar Leposavichni jamoamiz ixtiyoriga yetib kelishi kutilmoqda. Ayni paytda futbolchiga O'zbekiston vizasini olish borasida O'FFga tegishli xujjatlar jo'natilgan. Agar hammasi reja asosida kechsa yangi haftani boshida Leposavich O'zbekistonga yetib keladi. Poytaxt yig'inida boshqa yangi o'yinchilarni qo'shilishini etirof etish joiz.



