So’nggi yangiliklar

15:44"Манчестер Сити" португалиялик дарвозабоннинг товон пулини тўлашга тайёр  0 15:17Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман"  2 14:56"Қизилқум" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:38Уильямс трансферига нуқта қўйилди – футболчи "Атлетик"да қолади  2 14:09Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга мағлуб бўлди  7 13:55"Арсенал" Жотанинг вафоти муносабати билан ҳамдардлик билдирди  1 13:31Буюк Британия бош вазири Диогу Жотанинг ўлими ҳақида фикр билдирди  0 13:04Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас"  4 12:37"Футбол олами". "Динамо" яна ўз уйида ютқазди, "Навбаҳор" ва "Пахтакор" Кубокда чорак финалга чиқди  0 12:29Расман: Сардор Раҳмонов – "Сўғдиёна" футболчиси!   7 12:13Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси  24 12:01"Нефтчи" ёзги трансферлар ойнасидаги илк юришини амалга оширди   11 11:15Факт: "Қўқон-1912" Жиззахда ҳали ғалаба қозонмаган   0 10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  26 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  4

"Navbahor": Ikkinchi davrga tayyorgarlik 8 iyuldan boshlanadi Yangiliklar

"Navbahor": Ikkinchi davrga tayyorgarlik 8 iyuldan boshlanadi

Navbahor 1 iyul kuni bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvdan keyin yozgi tatilga chiqqandi.

Rejalarga ko'ra lochinlar ikkinchi davraga tayyorgarlikni 8 iyuldan boshlashadi. SHu kunlarda jamoa bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovni viloyat rahbarlari bilan uchrashishi ko'zda tutilgan. Aynan ushbu uchrashuvdan so'ng Ashurmatovni klubdagi kelgusi faoliyatiga oydinlik kiritiladi. Agarda murabbiy Navbahordagi ishini davom ettirsa, o'ylab qo'ygan rejalarini amalga oshirishga kirishadi. 

Malum bo'lishicha, Baxtiyor Azamovich jamoani kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilarni jamoaga jalb qilishni mo'ljallab qo'ygan. O'z navbatida mavsumning birinchi yarmida ishonchni oqlamagan futbolchilar bilan xayrlashiladi. Bu boradagi malumotlar ham viloyat rahbarlari bilan o'tkazilgan uchrashuvdan so'ng muxlislarga malum qilinadi. 

Mavsum boshida birinchi liga vakili Uychining Xotira-79 jamoasiga ijaraga berilgan himoyachi Botir To'raboev va yarim himoyachi G'ayrat Jo'raevlar birinchi bosqich yakunlangach, Navbahorga qaytishadi. 

Navbahor ikkinchi davraga tayyorgarlikning asosiy qismini Toshkentda olib boradi. Murabbiylar shtabi, Namangan viloyatida etarli sharoitlarni mavjud emasligi va o'yin amaliyotini saqlab turish uchun munosib raqibni yo'qligi bois poytaxtda shug'ullanishni lozim topishgan ko'rinadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика