So’nggi yangiliklar

01:39А Серия. "Рома" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  0 00:56"Реал" афсонаси билан шартномасини бир йилга узайтиради  3 00:322016 йилги Golden Boy соҳиби ва Европа чемпиони ПСЖга қайтади  0 00:13Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" меҳмонда "Галатасарой"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  0 23:30Серия А. "Милан" - "Женоа" 3:3   0 23:25Бундеслига. "Айнтрахт" - "Байер" 1:5   0 23:20АПЛ. "Ливерпуль" - "Тоттенхэм" 4:2   0 23:15АПЛ. "Челси" - "Вест Хэм" 5:0   0 23:10Серия А. "Кальяри" - "Лечче" 1:1   0 22:47Александр Стоймирович: "Таркибимизда йўқотишлар бор"  0 22:45Самвел Бабаян: "Исталган жамоа Наманганга келганида ҳимоявий услубда ўйнайди"  16 22:25АПЛ. "Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" ўртасидаги ўйинда 6та гол урилди!  14 22:07Гнабри "Реал" билан ўйин олдидан: "Ўйинни ўлдириш керак"  4 21:42Илёс Зейтуллаев: "Ҳозир камроқ гапириб, кўпроқ ишлашимиз керак"  16 21:23Роналду "Интер Майами"га ўтиши мумкин — журналист Абдулазиз Ал Осаими  22

"Navbahor" himoyachisi: "Mening qaysi futbolchidan kam joyim bor, bilmayman" Yangiliklar

"Navbahor" himoyachisi: "Mening qaysi futbolchidan kam joyim bor, bilmayman"

Namanganning "Navbahor" jamoasi joriy mavsum avvalida tarkibini bir nechta futbolchilar bilan kuchaytirib olgandi.

Birinchi davra davomida yangi kelgan futbolchilarning aksariyatiga o'yin amaliyoti berilgan bo'lsa, yana ayrimlari hamon zaxirada imkoniyat kutmoqda. O'tgan mavsum "Andijon"da to'p tepgan himoyachi Xushnudbek Avilov bu yil "Navbahor" safida bitta bahsda maydonga tushdi. Davralar oralig'ida "Andijon"ga qaytishi kutilgan himoyachi mavsumni "lochinlar" bilan tugatib qo'yishni lozim topdi. Futbolchi bilan suhbat davomida amaliyotsiz qolib ketayotgani, jamoasini o'zgartirmagani va boshqa savollarga javob oldik. 

-  Mavsum boshida katta niyatlar bilan "Navbahor"ga ko'chib o'tgan edingiz. Ochig'i "Andijon"dagi yaxshi sport formasidan keyin bunday tarzda zaxirada qolib ketishni o'ylaganmidingiz? Mana mavsum o'rtasidamiz, afsuslanish, achinish hissiyotlari bo'ldimi?

-  To'g'ri aytdingiz. "Navbahor"ga katta maqsadlar bilan kelgandim. Lekin zaxirada o'tirib qolmoqdaman. Boshida rahbariyat o'yin amaliyoti bo'ladi, degandi. Ko'rib turganingizdek aksi kuzatilyapti. "Navbahor"ga o'tganimdan hech qachon afsuslanmayman. Bu menga kelajakka saboq bo'ldi, deya olaman. 

- Yozda "Andijon" jiddiy qiziqish bildirgan ekan. O'sha payt jamoa tajribali himoyachiga ehtiyoj sezayotgandi. Klubning moliyaviy taklifi sizni qoniqtirmadimi yoki boshqa sabablar ham bormi? 

- Ha, "Andijon" qattiq qiziqdi. Ammo Samvel Vyacheslavovich qo'yib yubormadi. "Andijon"ga borganimda ham pul uchun emas, o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun borar edim. Afsuski, bu amalga oshgani yo'q. 

- Murabbiylar bilan klubdagi holatingiz haqida gaplashib oldingizmi?

- Samvel Vyacheslavovich bilan gaplashib olganman. Ushbu murabbiy qo'l ostida 6 yil to'p tepganman. Menga albatta imkoniyat beraman, degandi. Hozircha sabr qilib kutmoqdaman. 

- Balki jamoa tanlashda adashgandirsiz? Futbolchi uchun tanlov ko'p narsani hal qilib berishi mumkin...

-  Fikringiz to'g'ri. Futbolda jamoa tanlash muhim. Bugungi kunda ko'p narsalarni o'ylamoqdaman. Aniqrog'i ishonch bildirishlarini. Qaysi futbolchidan kam joyim bor bilmayman. Maydonga tushirishsa o'zimni ko'rsataman. 

- Aftidan vaziyat shunday davom etsa qishda sizni boshqa bir klubda ko'rishimiz mumkinmi?

- SHartnomam yil yakunida tugaydi. Katta ehtimol bilan nasib qilsa legionerga aylanishim mumkin. 

- "Navbahor" ikkinchi davrani ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Jamoaning o'yinida tartib yuzaga keldi. Natijalar ham sekin-asta ijobiy ko'rinish olmoqda. Bu Samvel Babayanning kelishi bilan bog'liqmi? Jamoa nihoyat murabbiyga yolchigandek...

- Albatta. Samvel Vyacheslavovich kelgach natijalar ham yaxshilanmoqda. "Navbahor"ga aynan shunday murabbiy kerak edi. Bilasizmi, jamoa rahbari Otabek aka ham  katta yordam bermoqda. Moliyaviy tomondan, har tomonlama sharoit yaratib berganlar. Xudo xohlasa kuchli uchlikka kira olamiz. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика