So’nggi yangiliklar

22:06Жамшид Саидов: “Мезбонлик мақомидаги ўйинларимиз ҳам сафар учрашуви каби ўтаяпти”  0 21:58Иван Бошкович: “Ҳозирдан "Насаф”ни чемпион дея олмаймиз"   4 21:45Суперлига. "Пахтакор" - "Нефтчи" 0:0  0 21:28Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"да "Пахтакор" ва "Нефтчи" ўзаро нурсиз дуранг ўйнади  81 20:55Месси навбатдаги ўйинларда ўйнайдими? Мартино жавоб берди  4 20:32Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" 1:1  0 20:17Суперлига. "Сўғдиёна" қўшиб берилган дақиқада урган голи эвазига "Қизилқум" майдонидаги мағлубиятдан қутулиб қолди  5 20:12Футзал. ЖЧ 1-тури дисквалификациялари  0 19:50"Манчестер Сити" етакчиси АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси деб топилди  0 19:16"Барселона" ПСЖ футболчисини сотиб олмоқчи  1 18:51ЖЧ чемпиони "Ҳумо Арена"да машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  0 18:13"Ҳумо Арена" ёнидаги кўчаларда транспорт ҳаракати чекланади  2 17:48Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Насаф" 3, "Сўғдиёна" ва "Металлург" 2 нафардан йўқотишга эга  1 17:39Суперлига. "Қизилқум" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  0 17:19Афсус(лар) билан бошланаётган ЖЧ  8

"Navbahor" futbolchilari: Yangi yilingiz muborak bo'lsin! Yangiliklar

"Navbahor" futbolchilari: Yangi yilingiz muborak bo'lsin!

Teglar :  Navbahor
"Navbahor" futbol klubi O'zbekiston aholisini kirib kelayotgan yangi 2016 yil bilan samimiy qutlaydi.

Jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va barcha klub xodimlari nomidan yurtdoshlarimizning ishlarida muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va marralarga erishishlarini, mustahkam sog'lik, baxt, tinchlik va osoyishtalikni chin ko'ngildan tilab qolamiz!

Dilshod Jabborov: Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2016 yil bilan chin dildan tabriklayman.Allox barchamizni o'z panoxida asrasin,oilalarimizni tinch-totuv, xonadonlarimizni o'zining fayz va barakotlari bilan to'ldirsin. Hamyurtlarimiz uch yuz oltmish besh kun roxat-farog'at ko'rshlariga tilakdoshman. Muxlislarimizga yakunlangan mavsumda qo'llab-quvvatlab turganlari uchun katta raxmat aytaman. Yana bir bor kirib kelayotgan Yangi yilingiz bilan azizlar!!!

Alisher Samatov: Barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. 2016 yilning qadami qutlug' va xosiyatli kelsin! Xonadonlarimizdan fayz, baraka arimasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo'lsin, Yaratganimiz o'z panoxida saqlasin! Yangi yil barchamizga muborak bo'lsin!

G'ayrat Jo'raev: Kirib kelayotgan 2016 yil bilan barcha yurtdoshlarimizni, futbol muxislarini chin qalbimdan tabriklayman. Barchaga yangi yilda sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, hamma o'ylagan va rejalashtirgan orzu-niyatlariga etib yurishini tilab qolaman. Yangi yil barchamizga hayrli kelsin!

Tohir SHamsitdinov: 2016- yil barchaga omadli kelsin! Jumladan, jamoamiz uchun ham kelasi mavsum muvaffaqiyatli o'tishini tilayman. Kirib kelayotgan yil hamma uchun o'zi orzu qilganidek bo'lishini, barcha orzulariga, istaklariga erishishini tilab qolaman! Hamma baxtli bo'lsin. Omad, orzu, umid, baxt va doim eng yaqin hamrohimiz bo'lishini tilab qolaman!

Qahramon Muxammadjonov: Butun O'zbekistonimizni, xalqimizni shu jumladan "Navbahor" muxlislarini kirib kelayotgan yangi yil bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Yangi yil xammamizga omadli va qutlug' kelsin. 2016- yilda jamoamiz yuqori o'rinlarni olishiga tilakdoshman. Xar kunimiz bayram bo'lsin!

Sanat SHixov: Aziz "Navbahor" muxlislari, barchangizni kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman! Doim xushchaqchaq va quvnoq bo'lib yurishingizni Alloxdan so'rab qolaman. Kim nima niyat qilgan bo'lsa niyatiga etishishiga tilakdoshman. O'zbekistonimiz doimo shunaqanggi tinch bo'lsin. Yangi yil muborak!

Otabek Valijonov: Kirib kelayotgan yangi 2016 yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Yangi yilni neki orzu umid bilan kutishni istayotgan bo'lsangiz barcha orzularingiz ro'yobini bersin. Eng yaxshi tilaklarim faqat siz qadrdon muxlislarimiz va hamyurtlarimiz uchun. Yangi yil barchangizni xonadoningizga baxt, to'kinlik olib kelsin. 12 oy baxt-u, saodat sizlarni tark etmasin!

Alisher Mahmudov: Mana 2015- yilni ham so'nggi kuni keldi. Maqsadiga, niyatiga, orzusiga eta olmganlarga xech qachon afsuslanmang deyman. CHunki oldinda siz uchun omadli bo'lishi kutilayotgan 2016 yil kirib kelmoqda. SHu kungacha erisha olmayotgan barcha orzularingizga erishishingizni tilayman. Inson uchun birinchi o'rinda sog'liq turadi. 2017 yilgacha va undan keyin ham xech ham kasal bo'lmang!

Robbim Hasanov: "Lochinlar"ning barcha jonkuyar muxlislarini qolaversa O'zbekiston axliga kirib kelayotgan yangi 2016- yil bilan tabriklayman. Barchaga uzoq umr, sixat-salomatlik tilayman. Omad va baxt sizni xech qachon tark etmasin. Barchaning xonadonida to'ylar bo'lsin! Ishlaringizda rivoj, topganlaringizga baraka bersin. Bu o'tgan yilda amalga oshmagan orzu istaklaringiz 2016- yilda amalga oshishini tilayman. Oilaviy xotirjamlik, tinchlik, totuvlik hech biringizdan arimasin. Bugungi kechani shunday xursandchilik va yuqori kayfiyatda o'tkazinki, shu xursandchilik siz bilan keyingi bayramgacha birga bo'lsin!

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика