So’nggi yangiliklar

11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  0 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  10 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  10 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10

"Navbahor-Farm" va "Navbahor U-21"ning ahvoli og'ir Yangiliklar

"Navbahor-Farm" va "Navbahor U-21"ning ahvoli og'ir

Championat.asia saytining telegramdagi botiga 14 avgust kuni "Navbahor-Farm" haqida bir qator malumotlar kelib tushdi.

Biroq o'sha kuni "Navbahor" klubi Kubok doirasida "Aral" mehmoni bo'lgani uchun bu materialni chop etmaslikka qaror qilgandim. Ushbu malumotlarni umumlashtirgan holda vaziyatni tushuntiramiz.

Bugungi kunda "Navbahor-Farm" va U-21 jamoasi azolari Namangan shahridagi bazada yashaydi. Afsuski bugungi kunda bazadagi sharoitlar ancha og'ir, eb-ichish borasida ham muammolar talaygina ekan. Balki mubolag'adir ammo bazida yosh futbolchilar mashg'ulotlarga non va suv ichib chiqqan paytlar ham bo'lgan. Buning ustiga aprel oyidan buyon futbolchilar umuman maosh olishmagan. Superligadagi asosiy jamoa oldiga chempion bo'lish vazifasi qo'yilgani uchun barcha etibor faqat asosiy jamoaga berilayotgandek nazarimizda.




Bilamizki Farm klub hamda U-21 jamoasi asosiy jamoaga futbolchi etkazib berishi lozim. Ular oldida boshqa hech qanday vazifa yo'q. Birinchi davrada U-21 jamoasidan faqatgina Asadbek Jo'raboev "Navbahor" asosiy jamoasi tarkibida maydonga tushirilgan xolos. Jo'raboev Superligada bitta (13 daqiqa) va Kubok doirasida bitta (27 daqiqa) o'yinda zaxiradan maydonga tushirilgandi. Yozgi transfer oynasi vaqtida Asadbek "Olimpik" klubiga ko'chib o'tdi va 3ta o'yinda 2ta gol urishga ham ulugrdi. To'g'ri bosh murabbiy maydonga istalgan futbolchini tushiradi va bunga hech kimning aralashishga haqqi yo'q. Biz shunchaki faktlarni keltirdik xolos.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor-Farm" Pro liga musobaqa jadvalida 11ta klub orasida 11ta o'yindan keyin 9 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda. Oxirgi 11-o'rindagi jamoa hisobida ham 9 ochko mavjud. "Navbahor U-21" jamoasi esa U-21 chempionatida 16ta o'yindan 9 ochko bilan so'nggi 16-pog'onada bormoqda.


"Navbahor" muxlislariga murojaat: Ushbu maqola chiqqanidan keyin sayt va muallifni haqorat qilishingiz mumkin. Lekin o'zingiz yaxshi ko'rgan, muxlislik qilib kelayotgan jamoada o'ynashi kutilayotgan yosh ukalaringizning ahvoli bu bilan yaxshilanib qolmaydi.





Ushbu xabar faqatgina bitta maqsadda saytga chop etilmoqda: "Navbahor" klubi rahbariyat tomonidan "Farm" va U-21 jamoasiga etibor qaratilishi uchun. Bu xabarga raddiya yozish shart emas, shunchaki namanganlik yosh futbolchilarga sharoit qilib beringlar iltimos.


Agar sizda ham qandaydir muammo bo'lsa Championat.asia saytining telegramdagi botiga yozing. Anonimlik 100 foiz saqlanib qoladi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика