So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

"Navbahor-farm" bosh murabbiyi Rashid G'ofurov: "Qo'qon-1912" hakamlar yordamiga muhtoj jamoa emas" Yangiliklar

"Navbahor-farm" bosh murabbiyi Rashid G'ofurov: "Qo'qon-1912" hakamlar yordamiga muhtoj jamoa emas"

Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Navbahor-farm" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Rashid G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Ko'rdinglar, qiziqarli o'yin bo'ldi. Lekin biz tomondan qaralgan bugungi hakamlik meni qoniqtirmadi. "Qo'qon-1912" tarkibida Superliga havosini olgan futbolchilar bor. SHundan kelib chiqsak, ularga hakamlarning yordami zarur emas deb o'ylayman. Kuchli jamoa, o'z oldiga Superligan maqsad qilgan, biroq bugungi o'yindagi hakamlik bizga yoqmadi. Hakam maydonda futbol o'ynash uchun qo'yib berishi kerak.

Bazi futbolchilarimiz "Universiada" musobaqasiga ketganliklari tufayli tarkibimizga kech qo'shilishdi. Ikkita gol hisobi bilan oldinda borayotganimiz uchun tavakkal qilib ayrim futbolchilarni zaxiradan o'yinga tushirmadik. CHunki, gol o'tkazib yuborsak, yutib turgan tarkibni o'zgartirishda murabbiyning aybi bo'lardi.

- Futbolchilaringiz ikkinchi bo'limda vaqt cho'zgandek ko'rindi. Bu murabbiylar shtabining ko'rsatmasi edimi?

- Yo'q, men yoki murabbiylar shtabi bunday ko'rsatma bermadik. Tarkibda son jihatdan kamroq bo'lganimiz sabab futbolchilar yuklamasi ikki hissa yuqoriroq bo'ladi. Bunaqa xolatda oyoq tomirlari tortishib qolishi tabiiy xol. SHifokor uni maydondan olib chiqib ketsa, bizda yana bir futbolchi kamayadi. Bundan bizga qanday foyda bor? Aksincha o'ynagani jamoa uchun yaxshiroq bo'ladi.

- O'tgan mavsum Birinchi ligada g'olib bo'lgansizlar. Pro-liga va Birinchi liga o'rtasidagi qanday farqni sezdingiz?

- Bu ikki liga o'rtasida katta farq bor. Pro-liga bu - salkam Superliga degani. Bizning aksariyat futbolchilarimiz yosh, bu ligaga moslashib ketishlari uchun bir oz vaqt kerak.

- G'anixonov, Rashidxonov kabi futbolchilar tarkibga kech qo'shilgani ham dastlabki turdagi natijalar salbiy bo'lishiga sabab bo'ldi deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, agar ular ertaroq qo'shilganida ham natija shunday bo'lishi mumkin edi. Biz o'tgan mavsum Birinchi ligada g'olib bo'ldik, tarkibda aksariyat yosh futbolchilar. G'anixonov va Rashidxonov kabi futbolchilarning ham bizning jamoaga moslashib ketishiga ozroq vaqt talab etiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика