"Navbahor" ertaga Namanganda mashg'ulotlarni boshlaydi
21 fev 2019 18:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/478835_original.jpg)
![](/upload/storage/478835_220.jpg)
"Navbahor" ertaga Namanganda mashg'ulotlarni boshlaydi
Namanganning “Navbahor” klubi azolari Turkiyaning Antaliya shahridagi mashg'ulotlarni yakunlab, 18 fevral kuni yurtimizga qaytib kelishgandi.
SHundan so'ng, futbolchilar 20 fevral kuni tibbiy ko'rikdan o'tishgan bo'lsa, 21 fevral kuni test-normativlarni topshirishdi.
“Lochinlar” yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inini Namanganda o'tkazishadi.
Andrey Kanchelskis shogirdlari Namangandagi yig'inni ertadan boshlashadi. Ertaga bir mahal mashg'ulot o'tkazilsa, 23 fevraldan mashg'ulotlar ikki mahaldan davom ettiriladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar