So’nggi yangiliklar

20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 20:15Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  6 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  7 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

"Navbahor" Deyan Jurjevichni tanishtirdi Yangiliklar

"Navbahor" Deyan Jurjevichni tanishtirdi

Bugun Namanganning "Navbahor" klubi yangi bosh murabbiy Deyan Jurjevichni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Yangi murabbiyning taqdimot marosimi avvalida Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti X.Bozarov so'zga chiqib yig'ilganlarga yangi bosh murabbiy serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevichni yig'ilganlarga tanishtirdi.

Ayni paytda Namangan shahar hokimi, "Navbahor" futbol klubi prezidenti SH.Abdurazoqov va Deyan Jurjevichlar rasmiy shartnomani imzolashdi.

Deyan Jurjevich so'z olib, jamoaga taklif etishgani uchun minnatdorchilik bildirib, o'z ananalariga ega klubda ish boshlaganidan xursandligini bildirdi. Jurjevich O'zbekistondagi faoliyati davomida Namanganda bo'lganligini va muxlislar bilan to'la o'yingohda o'yin ko'rsatish qiyin kechganligini aytib o'tdi.

Jamoa sardori Jahongir Mehmonov va rossiyalik himoyachi Igor Golbanlar ham so'zga chiqib, viloyat va klub rahbarlari tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib, muxlislarni hursand qilish uchun bor kuch va mahoratlarini namoyish etishlarini bildirishdi. Jurjevichga xush kelibsiz deya iliq fikrlarni bildirishdi.

Taqdimot marosimi so'nggida Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozarov va jamoa bosh murabbiyi Deyan Jurjevichlar jamoa futbolchilari bilan suhbat o'tkazishdi. SHu tariqa taqdimot marosimi yakuniga etkazildi.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика