"Navbahor": Dastlabki yig'in 21 dekabrda boshlanadi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2016, 16:49
“Navbahor” jamoasini 2017 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayonini 20 dekabrdan boshlashi o'ahida xabar berib o'tgandik.

Ushbu rejaga kichik o'zgartirish kiritildi. Yani mavsumga tayyorgarlik 21 dekabrdan boshlanadigan bo'ldi.

Xabaringiz bor, 20 dekabr kuni O'zbekiston futbol federatsiyasida 2017 yilgi chempionatga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Qur'a tashlash marosimida jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonovni ham ishtirok etadi. Aynan shu sababli mashg'ulotlar bir kunga surildi. Namanganda o'tadigan dastlabki yig'in 29 dekabrga qadar davom etadi. Jamoaning qolgan tayyorgarlik rejasi haqida keyinroq to'liq ma'lumot berib o'tamiz.


Oliy liga-2016 yakunlari. "Navbahor"ning ishtiroki raqamlarda

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz