So’nggi yangiliklar

22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10

"Navbahor": CHempionlar kelishmoqda Yangiliklar

"Navbahor": CHempionlar kelishmoqda

Teglar :  Navbahor
27 fevralda “Navbahor” jamoasining O'zbekiston chempionligining qo'lga kiritganligining 20 yilligi munosabati bilan bo'lib o'tadigan tadbir qatnashchilari yurtimizga etib kelishmoqda.

1996 yilgi chempionatda “Navbahor” safida O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan futbolchilarning ayrimlari bugungi kunda xorijda istiqomat qilishmoqda. Birinchilardan bo'lib yurtimizga Eduard Mamotov etib keldi. O'zbekiston chempionatlari tarixida birinchi bo'lib, besh karra mamlakat chempionligiga sazovor bo'lgan Mamotov bir necha kun Toshkentda yoru-do'stlari bilan uchrashib, bundan bir necha soat oldin Namanganga etib keldi. Bugun-erta boshqa futbolchilar ham yurtimizga etib kelishadi.

Eduard Mamotov haqida qisqacha malumot. Faoliyati davomida Vostok (Ust-Kamenogorsk), Ximik (Jambul), Neftchi (Farg'ona), Navbahor (Namangan), CHernomorec (Novorossiysk), Metallurg-Kuzbass (Novokuzneck) jamoalari sharafini himoya qilgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 15 ta o'yinda maydonga tushgan.

Erishgan yutuqlari: O'zbekiston chempioni (1992-1996), O'zbekiston kubogi sohibi (1992, 1995), MDH CHempionlari kubogi finalchisi (1994), Osiyo CHempionlar kubogida 3-o'rin sohibi.  

Futbolchilik faoliyatini 2005 yili Navokuzneckning Metallurg-Kuzbass jamoasida yakunlagan Mamotov bugungi kunda murabbiy sifatida ish yuritmoqda. Dastlabki kezlarda “Metallurg-Kuzbass” ikkinchi jamoasida bosh murabbiylik qilgach, 2007-2009 yillar davomida “Metallurg-Kuzbass” asosiy tarkibida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. 2010-2012 yillarda esa Kemerovaning “Kuzbass” klubini boshqardi. Iqtisodiy tomondan qiyinchilikka uchragan klub tarqatib yuborilgach Mamotov bir yil davomida futbol maktabida bolalarga millionlar o'yinidan saboq berdi. 2014 yildan esa Rossiya ikkinchi ligasi qatnashchisi Prokopeskning SHaxtyor jamoasiga bosh murabbiylik qilib kelmohda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика