So’nggi yangiliklar

09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  0 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  27

“Navbahor” Catapult bilan hamkorlik qiladi Yangiliklar

“Navbahor” Catapult bilan hamkorlik qiladi

Teglar :  "Navbahor"
"Navbahor" futbolchilarining holatini masofadan turib nazorat qiluvi kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

"Malumki, 2022 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional Futbol Ligasi tomonidan o'tkaziladigan Musobaqalar Reglamentining 8.13.-bandida Superliga klublari O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan barcha musobaqalarda futbolchilarning funkcional holatini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanishi hamda bu boradagi hisobotni O'FA texnik boshqarmasining ilmiy-uslubiy guruhiga taqdim etishi shartligi belgilangan.

SHu munosabat bilan, “Navbahor” PFK 2022 yilgi mavsum oldidan sport natijalari tahlili bilan shug'ullanuvchi Catapult kompaniyasi bilan hamkorlik o'rnatdi. 137 mamlakatga sportchilarning funkcional holatini masofadan turib kuzatish texnologiyalarini etkazib beradigan ushbu Evropa  kompaniyasi mahsulotlaridan endilikda “Navbahor” jamoasida ham samarali foydalanish rejalashtirilgan. 

Malumot o'rnida aytish joizki, mashg'ulotlar va futbol uchrashuvlari davomida har bir futbolchining egnidagi nimchalarga Catapult taqdim etgan qurilma o'rnatilib, uning yordamida murabbiylar shogirdlarining funkcional holati, chidamlilik darajasi, kuch sarfi, bosib o'tayotgan masofasi hamda boshqa muhim malumotlarga ega bo'lib borishadi", - deb yoziladi klub bayonotida.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика