"Navbahor" - "Buxoro" uchrashuviga ashaddiy muxlislar 25 ming so'm to'lab "kirishdi"
21 iyu 2020 10:28
Yangiliklar


"Navbahor" - "Buxoro" uchrashuviga ashaddiy muxlislar 25 ming so'm to'lab "kirishdi"
Kecha Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Bu o'yinda Andrey Kanchelskis boshchiligidagi "lochinlar" 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Koronavirus pandemiyasi vaqtida ko'plab davlatlarda bo'lgani kabi yurtimizda ham futbol uchrashuvlari muxlislarsiz o'tkazilmoqda.
Biroq "Navbahor"ning ashaddiy muxlislari kechagi o'yinni stadiondan "tomosha qilishdi".
Gap shundaki 25 ming so'm to'lov qilgan muxlislarning rasmlari "Markaziy" stadionning markaziy sektoriga joylashtirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar