"Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvida 4ta qizil kartochka ko'rsatildi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2016, 18:28
Oliy liganing 25-turida "Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
"Tanaffus paytida futbolchilar o'zaro hisob-kitob ishlariga kirishishgani uchun to'rtta chetlatish bo'ldi. "Navbahor"dan Dilshod Jabborov, Qahramon Mahammadjonov "Buxoro"dan Shavkat Mullajonov va Bahodir Pardaevlar qizil kartochkaga loyiq ko'rilishdi", - deb yozadi "Navbahor" klubining telegramdagi rasmiy kanali.

Uchrashuvning 35-daqiqasida mezbonlar vakili Dilshod Jabborov hisobni ochgandi. 52-daqiqada Aziz Ibragimov hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Eslatib o'tamiz, mazkur bahsni Baxtiyor Namozov boshqarib bormoqda. Ma'lumot uchun, Namozov bu mavsumda oliy ligada hozirga qadar 12ta o'yinni boshqargan va 2ta qizil kartochka ko'rsatgan edi.

O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia