So’nggi yangiliklar

10:22“Байер“ бош мураббийлигига номзодлар маълум қилинди  0 09:59Карло Анчелотти “Реал“ билан келишиб олди  0 09:37Пролига. Бугун 5-тур давом эттирилади  0 09:10“Рома“ тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  3 08:48“Ал Ҳилол“ супер футболчи билан музокараларни бошлади  2 08:16Sofascore. Азизжон Ғаниев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:50Довбик Шомуродов ҳақида фикр билдирди  11 07:25Трент “Реал“да қанча ишлаб олиши маълум  10 02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  3 01:48А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди, аммо жамоа ҳали ҳам кучли саккизликда эмас  2 01:17"Париж" - 46 йилдан сўнг Лига 1да! Унинг стадиони ПСЖ аренасидан йўлнинг нариги томонида жойлашган (мутолаа учун)  4 00:55Моуринью 2010 йилда "Интер"нинг "Барселона" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Ўша воқеани тасвирлаши мумкин бўлган сўз йўқ"  20 00:50Кафу Рафинья ҳақида: "У билан "Олтин тўп" учун рақобатлаша оладиган ўйинчиларни кўрмаяпман"  3 00:09Рафинья: "Мен Италия терма жамоасида ўйнашга жуда яқин келганман"   5 23:09"Интер"нинг муҳим футболчиларидан бири "Барселона"га қарши ўйнамайди  4

"Navbahor" - "Buxoro" 3:1. Saytimiz muxbirining Namanganga bir kunlik safari taassurotlari Yangiliklar

"Navbahor" - "Buxoro" 3:1. Saytimiz muxbirining Namanganga bir kunlik safari taassurotlari

Bugun Superliga 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" va "Buxoro" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni yoritish uchun Namangan shahri tomon yo'lga otlandik.

 "Navbahor" jamoasining uy uchrashuvlari hamisha keskin kurashlarga boy va tomoshabop tarzda o'tib kelgan.

Namanganga o'yin boshlanishidan bir soat avval etib bordik. SHahar ichiga kirib borar ekanmiz, bozorlar va aholi gavjum joylarda "Navbahor"-"Buxoro" uchrashuvi afishalari o'rnatilganligiga guvoh bo'ldik, umuman olganda shu kuni bu maskanda futbol havosi kezib yurgandi. Nihoyat uchrashuv bo'lib o'tadigan "Markaziy" o'yingohga etib keldik.



Bu vaqtga kelib stadionga muxlislar tashrifi allaqachon boshlangan va markaziy sektorlar futbol muxlislari bilan to'lgandi.

Vaqtimiz borligi tufayli jamoalarning o'yinoldi mashg'ulot jarayonlarini kuzatdik.


O'yin haqida

Nihoyat belgilangan vaqt etib keldi va uchrashuv boshlandi. Ilk daqiqalardanoq "Navbahor" vakillari hujumkor o'yin namoyish eta boshladilar. Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq hisob ochilishi mumkin edi, bu vaziyatda qanotdan etkazib berilgan to'pga SHaxzod SHaymanovning bosh bilan yo'llagan zarbasi bir oz noaniq bo'ldi.



Uchrashuvning borishidan "Buxoro" jamoasi bugungi o'yinda qarshi hujum taktikasini tanlaganligini bilish qiyin emasdi. Birinchi bo'limning 11-daqiqasida mehmonlar o'z jarima maydonlari yaqinida o'yin qoidasini buzishdi. Azimjon Axmedovning erlatib yo'llagan kuchli zarbasini "Buxoro" posboni Xurshid Xodjaev egallab oldi. Mezbonlar tomonidan tashkil etilayotgan ketma-ket hujumlar uchrashuvning 14-daqiqasiga kelib samara keltirdi. "Navbahor" vakillarining navbatdagi hujumlaridan birida buxoroliklar darvozaboni to'pni qaytardi, qaytgan to'pga mezbonlar hujumchisi SHaxzod SHaymanov zarba berib, hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o'tib mezbonlar ikkinchi golni kiritishdi. 14-daqiqada yana o'sha SHaxzod SHaymanov chamasi 20 metrlardan kuchli zarba yo'llab, hisobni 2:0 ga etkazdi.


O'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Buxoro" jamoasi futbolchilari to'p nazoratini qo'lga oldilar. Birinchi bo'lim yakuniga qadar har ikki jamoa vakillarida vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

Ikkinchi bo'limni har ikki jamoa vakillari faol boshladilar.52-daqiqada Azimjon Ahmedovning zarbasidan so'ng, to'pni "Buxoro" darvozaboni ushlab oldi.

61-daqiqada Ivan Solovyovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 63-daqiqada SHahzod SHaymanovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

65-daqiqada "Buxoro" himoyachisi Vladimir Baenkoning zarbasi noaniq chiqdi. 69-daqiqada Ivan Solovyovning goli o'yindan tashqari holatda urildi, deb inobatga olinmadi. 87-daqiqada Ivan Solovyov mehmonlar darvozasini aniq nishonga olib, hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

89-daqiqada mehmonlar penaltidan hisobni qisqartirishdi. 11 metrli jarima zarbasini Vladimir Baenko aniq amalga oshirdi - 3:1. Uchrashuv shu tariqa "Navbahor" jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.


Muxlislar haqida


Doimgidek bugungi uchrashuvda ham Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingohga ko'plab futbol muxlislari tashrif buyurishdi.


O'yin yakunida uchrashuvni tribunada tomosha qilgan "Navbahor"ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisni jamoa futbolchilari va muxlislari mana shunday olqishladilar



NAVBAHOR – BUXORO 3:1 (2:0)

Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: SHahzod SHaymanov 14, - 1:0. SHahzod SHaymanov 17, - 2:0, Ivan Solovyov 87, - 3:0, Vladimir Baenko 89-pen, - 3:1

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 5.Slavko Lukich, 7.Azim Ahmedov (90.Zafar To'raev, 68), 8.SHahzod SHaymanov, 9.Ivan Solovyov, 11. Aleksandr Kasyan. 15.Obid Jo'raboev, 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 32.Jahongir Mehmonov, 70. Abbos G'ulomov.
Zaxira: 23.Dilshod Hamroev, 25.Mirzohid Mamatxonov, 14.Bahodir Nasimov, 29.Xojiakbar Yunusov, 34.Komiljon Tojidinov, 55.G'iyosjon Komilov, 96.Ilhomjon Aliboev.

"Buxoro": 46.Xurshid Xodjaev, 4.Mirjalol Jumaev, 9.Asadbek Sobirjonov, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 23.Behruz SHodmonov, 27.Rabbim Hasanov, 28.Ergash Ismoilov, 29.Vladimir Baenko, 79.Jahongir Abdumo'minov, 90.Artyom Kulesha, 99.Doston Ibragimov.
Zaxira: 25.SHohjahon Nasimov, 35.Rahimjon Davronov, 3.Azamat Isroilov, 11.Akobir To'raev, 34.Tohirjon SHamsiddinov, 55.Ohunjon Sayfiddinov, 70.Akram Bahriddinov, 87.Anvarjon Jo'raev, 95.Mirfayz Muhiddinov.

Ogohlantirishlar: Vladimir Baenko 55, Behruz SHodmonov 57


Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика