"Navbahor": "Bunyodkor"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi
13 apr 2015 20:39
Yangiliklar

"Navbahor": "Bunyodkor"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi
Bugundan boshlab jamoamiz "Bunyodkor"ga qarshi bellashuvga tayyorgarlikni boshladi.
Oliy liga 5- tur o'yinlari doirasidan o'rin olgan "qaldirg'ochlar" bilan bo'lib o'tadigan ushbu bahsga puxta hozirlik ko'rish maqsadida "lochinlar" Toshkentda mashg'ulotlarni o'tkazishmoqda. O'tgan turda Jizzaxning "So'g'diyona" klubini mag'lub etgan "navbahorchilar" ko'tarinki ruhda mashg'ulot jarayonida qatnashishmoqda. Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi 17 aprel (juma) kuni poytaxtda o'tkaziladi.
Malumot o'rnida takidlash lozimki, 4- turda "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan "Bunyodkor" hujumchisi Eldor SHomurodov "Navbahor" bilan uchrashuvni qoldirib yuborishgga majbur bo'ladi.

Fikrlar