So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  1 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Navbahor": Bugungi mashg'ulotlar yakunlandi Yangiliklar

"Navbahor": Bugungi mashg'ulotlar yakunlandi

Yangi mavsumga Namanganda hozirlik ko'rayotgan jamoamiz bugunga rejalashtirilgan mashg'ulotlarni yakuniga etkazdi.
Ertalabki, mashqlar “Barkamol avlod” sport majmuasida o'tkazilgan bo'lsa kechki mashg'ulot “Navbahor-Umid” futbol maktabining suniy qoplamali maydonida o'tkazildi. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov terma jamoamiz bilan birgalikda, BAA yig'iniga jo'nab ketganligi bois mashg'ulotlarni Mustafo Bayramov hamda Sergey Zaxareckiylar olib borishmoqda. Murabbiylar shtabining yana bir vakili Zohid Nurmatov esa Toshkentda “A” licenziyasi uchun boshlangan o'quv-kursida tahsil olayotganligi bois yangi yildan keyin o'tkaziladigan yig'inda safga qo'shiladi.

Ayni paytda o'tgan mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan futbolchilardan Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov, SHahboz Erkinov, Tohir SHamsiddinov, Bobir Akbarov, Petar Denchev, Yuriy Rijko, Ruslan Kachur hamda Elyor Jahonovlar mashg'ulotlarda ishtirok etishmayapti.
Legionerlarimizni yangi yildan keyin safga qo'shilishlari ko'zda tutilgan. Akbarov va SHamsiddinovlar ijara muddati yakunlanganligi bois o'z klublariga qaytishdi. Erkinov va Jahonovlarni tarkibga qo'shilishlari haqida malumot bergandik. Ushbu futbolchilar murabbiylardan bir necha kunga ruxsat olishgani bois yig'inda ishtirok etishmayapti. Saidov hamda Yoqubovlar hozircha “Neftchi” safida shug'ullanishmoqda. Lekin, ular bilan bog'liq masalaga hozircha to'liq oydinlik kiritilganicha yo'q.

Yig'in boshlangan dastlabki kunlarda mashg'ulotlarga yoshlar tarkibida harakat qilgan bir qator yoshlarni jalb qilinganligi haqida yozgandik. O'tgan vaqt davomida ikki nafar yosh futbolchini safga qo'shilganligini aytib o'tish joiz. Bular “Navbahor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi Ibrohim Ismoilov hamda birinchi liga vakili “Xotira-79” jamoasidan taklif etilgan Doston To'xtabaevlardir.

Ismoilov yarim himoya chizig'ida harakat qilsa To'xtaboev darvozabon sanaladi. Uychi jamoasidan taklif etilgan ushbu posbon 1996 yilda tug'ilgan. Baland bo'yli darvozabon yakuniga etgan O'zbekiston birinchiligining ikkinchi bosqichidan o'rin olgan aksariyat uchrashuvlarda “Xotira-79” darvozasini qo'riqlaganligini malumot o'rnida keltirib o'tish joiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика