"Navbahor": Belaruslik hujumchi Andrey Lyasyuk ko'rikdan o'tadi
04 iyu 2014 10:28
Yangiliklar
"Navbahor": Belaruslik hujumchi Andrey Lyasyuk ko'rikdan o'tadi
Birinchi yig'in CHirchiqda 4 iyuldan 17- iyulgacha davom etadi.
Ikki kunlik xordiqdan so'ng jamoa Toshkentdagi "Geofizika" mehmonxonasiga yig'iladi. "Lochinlar" "Lokomotiv"ga qarshi Oliy liga 14-tur o'yini o'tgunga qadar u erda istiqomat qilishadi.
Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, ikkinchi davradan boshlab Timur Yafarov, Durbek Umaraliev va Sohib Abdullaev "Navbahor" sharafini himoya qilmasliklari malum bo'ldi. SHuningdek yarim himoyachi Akbarsho Rashidxonov ham "Andijon" safida shug'ullanmoqda.
Jamoaga yangi qo'shiladigan o'yinchilar hozircha noaniq. Ayrim manbalarda xabar qilinayotgan malumotlar umuman asossiz ekanligini Baxtiyor Ashurmatov ham tasdiqladi.
Xususan, "Navbahor"ga darvozabonlar Timur Jo'raev, Murod Zuhurov, Mamur Ikromov yoki Andrey Melnichuk borasida mish-mishlar xaqiqatdan yiroq. "Lokomotiv" azosi Dilshod Jabborovni ham "Navbahor"ga qaytishi futbolchining o'ziga bog'liq. "Temiryo'lchilar" yarim himoyachisini Ashurmatov qo'l ostida ko'rishga qarshi emas. Biroq, futbolchi "Olmaliq" bilan shartnoma tuzishga yaqin turgani bois uning taqdiri o'z qo'lida turibdi.
Hujum chizig'ida raqobatni kuchaytirish maqsadida 6 iyul kuni Yuriy Rijko bilan birga Belorussiyadan hujumchi Andrey Lyasyuk kelishi kutilmoqda. Agarda o'yinchi murabbiylar ko'rigidan o'tsa, u bilan shartnoma imzolanishi mumkin. Alisher SHog'ulomov masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, "Oq-tepa" vakili Toshkentning "Lokomotiv" klubiga o'tishga yaqin. Ayrim manbalarda SHukurali Po'latovning jamoadagi taqdiri so'roq ostida ekanligi takidlangan. Futbolchilar Baxtiyor Azamovich bilan suhbatlashgach bu kabi masalalarga oydinlik kiritilishini takidlash lozim.
Lekin, hozircha bironta o'yinchi ham ketish istagini bildirmagan. To'g'ri, vakillarimizga boshqa jamoalardan takliflar kelib tushmoqda, ammo bironta ham o'yinchi "Navbahor" bilan xayrlashish istagini bildirmagan.

Fikrlar