So’nggi yangiliklar

18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  5 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  9 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  4

"Navbahor": "Asosiy"da g'alaba, yoshlarda esa... Yangiliklar

"Navbahor": "Asosiy"da g'alaba, yoshlarda esa...

CHempionatda yuzaga kelgan kichik tanaffus paytida bir qator jamoalar o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishdi.
“Navbahor” ham tanaffusdan foydalanib, birinchi liga vakili Uychining “Xotira-79” jamoasi bilan nazorat o'yinida kuch sinashdi. Uchrashuvda yirik hisob qayd etilgan bo'lsada, maydonda keskin va murosasiz kurash kechganligini aytib o'tish joiz. Birinchi bo'limda uychiliklar himoyada bexato o'ynash bilan bir qatorda qarshi hujumlarga ham o'tib xavfli vaziyatlarni yaratishga intilishdi. Lekin tajriba o'z so'zini aytib, futbolchilarimiz tanaffusga qadar hisobni ochishga erishishdi. Ilhom Boydedaev chap qanotdan boshlangan hujumni samarali yakunlab Doniyor Usmonov qo'riqlagan darvozani aniq nishonga oldi.

Tanaffusdan keyin jamoamiz tarkibida bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. O'z navbatida “Xotira-79” safida ham yangi o'yinchilar maydonga tushishdi. Natijada Timur Kagirov va SHahboz Erkinov (2 ta)lar raqib darvozasini nishonga olib, hisobni yirik ko'rinish olishiga zamin yaratishdi. Uychiliklar safida o'z vaqtida “Navbahor” safida harakat qilgan ko'plab o'yinchilarni to'p surganliklarini ham etirof etish joiz. Bunga “Xotira-79” jamoasining tarkibiga nazar tashlab o'zingiz ham amin bo'lishingiz mumkin. Uchrashuv yakuniga etgach, futbolchilarimizga bir kunlik dam olish elon qilindi. Ertaga hordiq chiqargan jamoamiz azolari 30 mart kuni yana Namanganda to'planib, “Neftchi”ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirishadi.

Avval xabar berib o'tganimizdek, yoshlarimiz kecha CHustda “CHust-Paxtakor” jamoasi bilan nazorat o'yinida kuch sinashishdi. Murosasiz ruhda o'tgan bahsda chustliklar tomonidan kiritilgan yagona gol mezbonlar g'alabasini taminladi. Yoshlarimiz esa gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lishsada, vaziyatlardan foydalana olmaslik tufayli mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lishdi.

“Navbahor” – “Xotira-79” – 4:0 (1:0). 28 mart. Namangan. “Markaziy” o'yingoh.
Hakamlar:
F.Hasanov, R.G'ofurov, R.Fozilov.
“Navbahor”: Xurshid Xo'jaev, Timur Kagirov, Bobir Akbarov, Dilshod Jabborov (Sunnatilla Mamadaliev), Alisher Samatov, Azim Ahmedov, Robbim Hasanov (Alisher Mahmudov), Sanat SHixov, Ilhom Boydedaev (Otabek Valijonov), SHahboz Erkinov, Mo'ydin Mamazulumov (Ulug'bek Baqoev).
“Xotira-79”: Doniyor Usmonov (Muzaffar Mamatxanov), Botir To'raboev, Durbek Umaraliev (Rahmon O'rinov), Mirzohid Sobirov, Bahrom Yo'ldoshev (Murod Rahmonov), G'ayrat Jo'raev (Omonullo Mirzaev), Abdulaziz Sultonov (Doston Hotamov), Abdurazzoq Jo'raev (Anvar Siddiqov), Sohib Abdullaev, Botir Karimjonov (SHuhrat Ischanov), Islom Abduqodirov (SHuhrat Hamidov).
Gollar: I.Boydedaev (28), T.Kagirov (52), SH.Erkinov (67,88).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика