So’nggi yangiliklar

17:25U-19 чемпионати. "Пахтакор" финалда "Насаф" билан рўбарў келмоқда  6 17:04"Милан" "Реал" дарвозабонига эътибор қаратди  0 16:29"Бухоро" – "Нефтчи" учрашувидаги четлатиш тўғри қарорми? Суперлиганинг 28-туридаги ҳакамлик таҳлили  3 16:07"Барселона" ёзда "Боруссия Д" ҳимоячиси билан шартнома имзолашга ҳаракат қилади  0 15:40Меҳди Ҳошимнажот: "Кўпчилик Миср финалга чиқади деб ўйлаганди"  6 15:13Суперлига. 29-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  9 14:53Меҳди Моҳеби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди"  4 14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  5 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  3 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  26 12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  1 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  7 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  2 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  4

"Navbahor": Ashurmatovning tayyorgarlik borasidagi fikrlari Yangiliklar

"Navbahor": Ashurmatovning tayyorgarlik borasidagi fikrlari

Jamoamiz mavsumga tayyorgarlik ko'rishda davom etmoqda. Kecha bir mahal o'tkazilgan mashg'ulotlar chog'ida futbolchilar basseynda suzish mashqlarini bajarishgandi.
Bugundan esa yana maydonga qaytildi. Hozirgina “Navbahor-Umid” futbol maktabining suniy qoplamali maydonida o'tkazilgan mashg'ulot yakuniga etdi. Yig'inning dastlabki kunlarida ishtirok eta olmagan hujumchi SHahboz Erkinovni bugun murabbiylar ixtiyoriga etib kelganligini aytish mumkin. Ayni paytda “Navbahor” muxislarini jamoada ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar qiziqtirishi turgan gap. Bundan tashqari ishqibozlar mahalliy bo'lgan futbolchilarni “Navbahor”ga qaytarish borasidagi takliflarni ham bildirishmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bugungi kunda milliy terma jamoamiz bilan birgalikda Dubayda bo'lishiga qaramay, “Navbahor” bilan bog'liq masalalarni bir zumga bo'lsada unutgani yo'q. Xullas Ashurmatov jamoadan uzoqda bo'lsada, jamoa bilan bog'liq rejalarni tuzib, ularni amalga tadbiq etish borasida izlanmoqda. Bevosida yordamchilari bilan har kuni aloqaga chiqib, mashg'ulotlarni o'tish jarayonini nazorat qilmoqda. Olib borilayotgan selekciya ishlari va tayyorgarlik jarayoni haqida to'liq malumotga ega bo'lish maqsadida Baxtiyor Azamovichga murojaat qildik: - Ko'pchilik muxlislarimizi jamoada bo'laetgan va ro'y berishi kutilayotgan o'zgarishlar qiziqtirishi aniq.

Hozir selekciya jarayoni davom etmoqda. Asosiy vazifa o'tgan yilgi tarkib o'zagini saqlab qolish edi. Qaysidir manoda buni uddasidan chiqdik. SHartnoma tuzgan ayrim futbolchilarimizga boshqa klublardan moddiy tomondan foydaliroq shartnoma taklif qilinishiga qaramay yangi mavsumda ham “Navbahor” sharafini himoya qilaman deyishgani uchun klub tomonidan minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Biz ham “Navbahor” tarkibini kuchli futbolchilar va boshqa jamoalarda o'zini ko'rsatayotgan mahalliy futbolchilar bilan kuchaytirishni xohlaymiz. Lekin, futbolchilar bilan olib boriladigan muzokara paytida yo'q mablag'ni vada qilib ular oldida obro'imizi yo'qotishni xohlamaymiz. SHu sababli ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda jamoani kuchaytirmoqdamiz. Tasavvur qiling, masalan jamoaga taklif qilmoqchi bo'lgan o'yinchiga “Olmaliq”da uch so'm to'lashyapti.

O'sha futbolchiga “Bunyodkor” taklif bilan chiqib, besh so'm vada qilmoqda. Ularga sen mahalliy yigitsan, jamoamizga kelsang bir so'm to'laymiz deb taklif qilyapmiz. Har bir futbolchini oilasi, yaqinlari bor. Imkon bo'lganida moliyaviy imkoniyatini yaxshilab olishi kerak. Yoki bo'lmasa shartnomasi bor o'yinchini jamoaga taklif qilyapmiz. Futbolchini transfer huquqiga egalik qiladigan klub o'yinchi uchun malum miqdordagi mablag'ni so'ragan holda sotib olish taklifni bildirishadi. Ayni paytda bizda bunday imkoniyat yo'q. SHu sababli klub rahbariyatini muxlislarimiz to'g'ri tushunishlarini xohlagan bo'lardik. Agar byudjetimiz tasdiqlansa va yaxshi o'yinchilarni olish imkoniyatiga ega bo'lsak albatta jamoani muxlislar xohlagan darajada kuchaytiramiz.

- “SHo'rtan”dan qaytgan Mahammadjonovning keyingi taqdiri qanday kechadi?
- Qahramon Mahammadjonov yig'inlarda o'zini boshqa himoyachilarda kuchli ekanligini amalda isbotlay olsa, albatta uni jamoada olib qolamiz. Oxirgi paytda muxlislar mendan Ayubxon G'apparov to'g'risida so'rashmoqda. O'tgan yilgi yig'inlarda uning imkoniyatlarini ko'rib chiqqanmiz. Ayubxon yaxshi yigit, lekin murabbiylarning o'yin uslubiga mos kelmagani uchun u bilan do'stona tarzda xayrlashgandik. Agar “Andijon” tarkibida o'zini ko'rsatganda, uni yana jamoaga taklif qilgan bo'lardik. Afsuski Ayubxon “Andijon”da asosan zaxira o'rindig'ida qolib ketdi. Futbolchning kelgusi faoliyatiga klub nomidan omad tilaymiz va nasib qilsa kelajakda yana birga ishlashimiz mumkin deb qolaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика