So’nggi yangiliklar

09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  0 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  4 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  6 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  2

"Navbahor": Ashurmatov viloyat hokimi va klub rahbariyati bilan uchrashadi Yangiliklar

"Navbahor": Ashurmatov viloyat hokimi va klub rahbariyati bilan uchrashadi

"Navbahor" navbatdagi mavsumga tayyorgarlikni 15 dekabrdan boshlashi haqida avval xabar bergandik.
Ayni paytda klubda dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'inini munosib tarzda o'tkazish uchun hozirlik ko'rilmoqda. 15 dekabr kuni jamoamiz azolari Namanganda to'planib mashg'ulotlarga kirishadilar. 29 dekabrga qadar davom etadigan mashg'ulotlar asosan kuniga ikki mahaldan tashkil etiladi. Mashg'ulotlar davomida asosiy etibor futbolchilarni jismoniy holatini yaxshilashga qaratiladi.

Ayni paytda milliy terma jamoamiz bilan Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan yig'inda ishtirok etayotgan bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov 15 dekabr kuni Namanganga etib keladi. Ashurmatov viloyat hokimi va klub rahbariyati bilan uchrashib, hal qilinishi kerak bo'lgan bir nechta dolzarb masalalarni hal qilishni rejalashtirgan. Bosh murabbiy terma jamoa bilan Dubayda bo'lib turgan bo'lsada, “Navbahor”ning tayyorgarlik rejasi va klub bilan bog'liq masalalarni bir zumga bo'lsada unutgani yo'q. Aksincha, har kuni klub rahbariyati va murabbiylar shtabidagi yordamchilari bilan aloqaga chiqib, echilishi lozim bo'lgan masalalar borasida maslahatlashgan holda ish yuritmoqda.

Ashurmatov bilan bo'lgan qisqa muddatlik suhbatimiz davomida quyidagilarni malum qildi: “Namanganga borganimdan keyin 15 dekabr kuni imkon bo'lsa viloyat hokimi bilan uchrashmoqchiman. Klub rahbarlari bilan o'tadigan uchrashuvda hal qilinishi kerak bo'lgan bir nechta dolzarb masalalarga oydinlik kiritamiz. Bo'lib o'tgan uchrashuv natijalariga qarab jamoani kuchaytirishni boshlaymiz. Hozirda oldimizda turgan birinchi masala, yakunlangan mavsumda jamoada o'ynagan etakchilarini “Navbahor”da olib qolish va ular bilan shartnoma muddatlarini uzaytirishdan iborat. Har yili “Navbahor”dan o'n nafardan oshiq o'yinchi ketayotgandi. O'z navbatida ularning o'rni yangilar bilan to'ldirilayotgandi. Jamoada yuzaga kelgan aynan shu holatga chek qo'yadigan payt keldi”.

Xullas, murabbiyning rejalari ulkan. Ashurmatov suhbat davomida “Navbahor” jamoasining yangi mavsumga ko'radigan tayyorgarlik rejasini ham malum qildi. Unga ko'ra jamoamiz 2015 yildagi dastlabki mashg'ulotlarni 4-17 yanvar kunlari oralig'ida Namanganda o'tkazadi. Yig'in yakuniga etgach, jamoa azolariga uch kunlik tatil elon qilinadi. SHundan so'ng jamoamiz 21 yanvarda Toshkentda to'planadi. Poytaxtdagi mashg'ulotlarni 9 martga qadar o'tkazish rejalashtirilgan. Faqatgina yig'inlar uch bosqichga bo'lingan. Xususan dastlabki bosqich 4 fevralda yakunlanadi. Keyingi yig'inlar muddati esa quyidagicha ko'rinish olgan: 8-21 fevral va 25 fevral - 8 mart. 17 dekabr kuni yangi chempionatga tashlanadigan quradan keyin mashg'ulotlarning so'nggi bosqich sanalariga kichik o'zgartirishlar kiritilishi ham mumkin. Toshkentda o'tadigan mashg'ulotlar davomida bir qator klublarga qarshi nazorat uchrashuvlarini o'tkazish ham ko'zda tutilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика