So’nggi yangiliklar

13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  2 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1

"Navbahor": Ashurmatov istefoga chiqarildi, Rashid G'ofurov bosh murabbiy etib tayinlandi Yangiliklar

"Navbahor": Ashurmatov istefoga chiqarildi, Rashid G'ofurov bosh murabbiy etib tayinlandi

Teglar :  Navbahor
Bundan biroz vaqt oldin “Navbahor” futbol klubida yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda klub boshqaruv organida o'zgarish ro'y berganligi malum qilindi.

Namangan viloyat hokimining 29 dekabrdagi farmoyishiga asosan klub prezidenti sifatida faoliyat olib borgan T.Dadabaev, vice-prezident vazifasini bajargan R.Nizambaev va jamoa bosh murabbiyi B.Ashurmatovlar o'z vazifalaridan ozod etilishdi. Klub prezidenti vazifasi Namangan shahar hokimi B.Bekxodjaev zimmasiga yuklatilgan bo'lsa vice-prezidentlik vazifasini O.Qosimov bajaradigan bo'ldi. Jamoa boshqaruvi esa R.G'ofurov zimmasiga yuklatildi.

Yig'ilishda klub xodimlari, murabbiylar, xizmat qiluvchi xodimlar va asosiy va yoshlar tarkibi futbolchilariga klubda faoliyat olib boradigan yangi rahbariyat tarkibi tanishtirildi. SHu bilan birgalikda, 2016 yilning 2 yanvar sanasida jamoa azolari bilan viloyat hokimi bilan uchrashuv bo'lib o'tishi ham malum qilindi. Tadbir davomida kelgusida jamoa asosini mahalliy futbolchilardan tashkil etishga etibor qaratilishi ham etirof etildi. “Navbahor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning 2016 yilning 4 yanvaridan boshlaydi. Rashid G'ofurov boshchiligidagi murabbiylar shtabi esa keyinroq tasdiqlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика