"Navbahor" Andrey Kanchelskis istefoga chiqarilganini bugun elon qildi
01 noy 2020 19:18
Yangiliklar
"Navbahor" Andrey Kanchelskis istefoga chiqarilganini bugun elon qildi
Kanchelskis “Navbahor”da 2018-2020 yillarda (tanaffus bilan) faoliyat yuritdi. Kanchelskis murabbiyligida “lochinlar” Superligada jami 40ta o'yin o'tkazib, 12 ta g'alaba, 18 ta durang va 10 ta mag'lubiyatni qayd etgan holda, raqiblar darvozasiga 40 ta gol urib, o'z darvozalaridan 35 ta to'p o'tkazib yuborishdi hamda jami 54 ochko to'plashdi.
Andrey Kanchelskis 2018 yilgi mavsum yakunlanishiga 7 ta tur qolganida, “Navbahor” boshqaruvini Ilhom Mo'minjonovdan qabul qilib olib, o'sha mavsumdagi 7 ta o'yinda 3 ta yutuq, 1 ta durang va 3 ta mag'lubiyatni qayd etgan holda, jamoaning turnir jadvalidagi 3-pog'onasini saqlab qolgandi.
2019 yili esa namanganliklar 9-o'rinni egallashdi.
Andrey Kanchelskis Moskvaga jo'nab ketganida, “Navbahor” 18 ta turdan so'ng, turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turgandi.
Biz Andrey Kanchelskisga “Navbahor”dagi faoliyati uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda keyingi faoliyatida omad yor bo'lishini tilaymiz, - deb yozadi "Navbahor" matbuot xizmati.
Endi joriy mavsum yakuniga qadar jamoamizni No'mon Hasanov boshqaradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar