"Navbahor": "Andijon"ga 0:4 hisobida yutqazgan jamoa asosiy tarkib emas
25 fev 2023 18:24
Yangiliklar


"Navbahor": "Andijon"ga 0:4 hisobida yutqazgan jamoa asosiy tarkib emas
Buni "Navbahor" matbuot xizmati malum qildi.
"Bugun Namangan shahridagi "Dinamo" stadionida "Navbahor "ning U-21 yoshlar va U-19 jamoalari futbolchilaridan iborat aralash tarkibi "Andijon"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Mazkur bahsda tajribali bo'lgan mehmonlar 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
"Navbahor"ning asosiy tarkibi esa ayni paytda Namangan shahri, Davlatobod tumanidagi "Markaziy" stadionida Tojikistonning "Xo'jand" jamoasi bilan xalqaro o'rtoqlik o'yinida qatnashmoqda", – dedi "Navbahor" matbuot xizmati.
Avvalroq "Andijon" matbuot xizmati "Navbahor"ni yirik hisobda dog'da qoldirgani haqida xabar bergan edi.
O’xshash yangiliklar
