"Navbahor": Alisher Mahmudovni tabriklaymiz!
25 jan 2015 17:00
Yangiliklar


"Navbahor": Alisher Mahmudovni tabriklaymiz!
Bugun "Navbahor" yarim himoyachisi Alisher Mahmudovning tavallud kuni!
Tajribali futbolchi 29 bahorni qarshilamoqda. SHu munosabat bilan klub rahbariyati, "Navbahor" azolari va muxlislar nomidan Alisherga uzoq umr, sihat-salomatlik va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz. Umid qilamizki, navbatdagi mavsumda ham to'raqo'rg'onlik futbolchi o'zining ishonchli o'yinlari orqali "lochinlar" muvaffaqiyatiga xissasini qo'shib, muxlislarni xushnud etishda davom etadi. Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin Alisher!
O'tgan mavsumda Mahmudov oliy liga doirasida "Navbahor" sharafini 17 o'yinda (776 daqiqa) himoya qilib, o'z nomiga 1 gol yozdirib qo'ygan va 1 bor ogohlantirilgan.
O'tgan mavsumda Mahmudov oliy liga doirasida "Navbahor" sharafini 17 o'yinda (776 daqiqa) himoya qilib, o'z nomiga 1 gol yozdirib qo'ygan va 1 bor ogohlantirilgan.

Fikrlar