So’nggi yangiliklar

13:56"Ҳаммамиз оламдан ўтадиган кунимиздан қўрқамиз. Лекин, ҳаёт - бу ўлим ҳам демакдир"  1 13:24"Барселона" Гюндоганни текинга қўйиб юбораётганининг сабаби маълум қилинди   1 13:00"Холанд? Салаҳ ва Агуэро кичик жамоалардан кўра катта жамоаларга кўпроқ гол уришган"  0 12:13Укадан устун келган ака ГАЛЕРЕЯ  1 11:41Каррагер "Челси"нинг трансферлари ҳақида: "Бўлдида энди. Феликс қаерда кийим алмаштиради?"  5 11:23Ҳаммамиз севган УЕФА Чемпионлар лигаси мадҳияси ўзгарди  10 11:11А Серия дебютанти тўхтамаяпти! Фабрегас жамоаси "Реал" футболчиси кетидан "Барселона" ва "Манчестер Сити" ўйинчилари билан ҳам келишувга эришди  2 10:30 "Футбол олами". "Андижон" ва ОКМКда мағлубият, "Навбаҳор"да дуранг — Суперлиганинг 16-тури ҳақида барчаси  1 10:06"Сўғдиёна" Фарғонада "Нефтчи"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 09:58Варан, Рейна, Белотти... "Комо" энди "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  5 09:05"Бунёдкор" 8 йилдан сўнг Наманганда очко қўлга киритди  3 08:35Бу йил меҳмонда ғалаба қозонмаган жамоани биласизми? "Сўғдиёна" чемпион, "Насаф" ва "Пахтакор" учликда   7 08:05"Нефтчи" сўнгги маротаба Фарғонада қачон 3 та гол ўтказган эди?  3 07:35Про лига. Бугун "Дўстлик" Ғузорда, "Қўқон-1912" Нукусда меҳмон бўлади  3 01:55PFA АПЛ мавсум жамоасини тақдим этди  7

"Navbahor": Aleksandr Kablash to'g'risida malumot Yangiliklar

"Navbahor": Aleksandr Kablash to'g'risida malumot

Bugun "Navbahor" davralar oralig'idagi ikkinchi yig'ini doirasida "Paxtakor"ga qarshi nazorat o'yini o'tkazadi.
Ushbu uchrashuvda murabbiylar ko'rikdan o'tish uchun taklif etilgan ukrainalik hujumchi Aleksandr Kablashni maydonda sinab ko'rishadi. Sal avvalroq "Navbahor" yig'inlariga qo'shilgan boshqa legioner Ruslan Kachur "Gelios" jamoasida Koblash bilan birga o'ynaganini etirof etish joiz. Etiboringizga ukrainalik forvardga oid malumotni taqdim etamiz.

Kablash Aleksandr Gennadievich
Tug'ilgan sanasi:
4 sentyabr 1989 yil (24 yosh)
Bo'yi: 184 sm
Vazni: 74 kg
Fuqaroligi: Ukraina
Amplua: Hujumchi
So'nggi jamoasi: "Gelios"
 
Aleksandr Kablash CHernomorec klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. 2006 yilda u odessaliklar tarkibida Ukraina chempionatida debyutini nishonlagan. Bungacha Aleksandr faqatgina shaxar xavaskor klublari Signal va CHernomorec-2da o'ynagan. "Dengizchilar" asosiy tarkibida Kablash kam maydonga tushirilgan. U asosan o'rinbosarlar safida harakat qilgan (24 o'yinda 7 gol). 2007/08 mavsumda Aleksandr Birinchi liga vakili Mariupolning Ilchevec jamoasiga ko'chib o'tdi. Murabbiy Semen Altman boshchiligida futbolchi 7 o'yin o'tkazdi va so'ngra CHernomorec yoshlari tarkibiga qaytdi.

 2008-2010 yillar davomida o'yinchi Dnestr sharafini himoya qilib keldi. Jami ushbu jamoada 43 o'yinda maydonga tushib, o'z nomiga 8 gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. 2010- yil yozda Litvaning Ekranas klubiga ko'chib o'tib, mamlakat chempioniga aylangan. U erda futbolchi 9 o'yinda qatnashgan. 2011 yil mart oyida Kablash Ukrainaga qaytib, Simferopolning Tavriya jamoasi bilan bitim imzoladi va 5 o'yinda bitta gol urishga erishdi. Avgust oyida Aleksandr Bukovina klubiga ijaraga berildi. 2012 yil sentyabridan boshlab u Odessa o'yinchisi sanalgan. 2013- yilda Nikolaevda faoliyat olib borib, 2014 yil boshida Kablash Xarkovning Gelios klubi bilan hamkorlikka erishdi.

 2005 yilda Aleksandr Kablash Ukraina yoshlar terma jamoasi (U-17)da 1 o'yin o'tkazgan. 2007-08 yillar mobaynida 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoada 7 o'yin o'tkazgan.
 
Futbolchi statistikasi:
Mamlakat Musobaqa Mavsum Jamoa  O'yin Gol  Ogohlantirish
Ukraina  Birinchi liga 2009-10 "Odessa" 29 (1778 daq) 7 5
Litva Oliy liga 2010 "Ekranas" 9 (185 daq) 0 0
Ukraina Premer-liga 2010-11 "Tavriya" 5 (150 daq) 1 0
Ukraina Birinchi liga 2011-12 "Bukovina" 3 (90 daq)  0 0
Ukraina Birinchi liga 2012-13 "Odessa" 5 (297 daq) 1 0
Ukraina Birinchi liga 2012-13 "Nikolaev" 12 (989 daq) 4 1
Ukraina Birinchi liga 2013-14 "Nikolaev" 16 (774 daq) 3  4
Ukraina Birinchi liga 2013-14 "Gelios" 4 (96 daq) 0 1
Faoliyatidagi umumiy ko'rsatgichi: 83 o'yin (4359 daq) 16 gol
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика