"Navbahor" 25 yanvar kuni Turkiyaga uchib ketadi
19 jan 2020 17:06
Yangiliklar


"Navbahor" 25 yanvar kuni Turkiyaga uchib ketadi
2020 yilgi Superliga bahslariga Namanganda tayyorgarlik ko'rayotgan "Navbahor" klubi 25 yanvar kuni Turkiyaga uchib ketadi.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis klub matbuot xizmati bila intervyu chog'ida aytib o'tdi.
Unga ko'ra Namanganda 20 yanvargacha o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadigan "lochinlar" 22 yanvar kuni Toshkentda “Qo'qon-1912” klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 23-24 yanvar kunlari "Navbahor" futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishadi hamda 25 yanvarda Turkiyaga jo'nab ketadi. "Lochinlar" Turkiyada 21 fevralgacha yig'in o'tkazishadi.
Ushbu yig'in doirasida "Navbahor" 6ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Hozircha ikkita raqib nomi malum: Turkmanistonning “Axal” va Serbiyaning “Rad” jamoalari. Qolgan raqiblar yaqin orada malum bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar