Navas yanvarda “Real”ni tark etmoqchi
05 dek 2018 20:01
Yangiliklar
Navas yanvarda “Real”ni tark etmoqchi
“Real”ning kosta-rikalik posboni Keylor Navas yanvarda klubni tark etishga qaror qilgan, deya xabar bermoqda Sport.es.
Xabarlarga ko'ra, Navas “qirollik klubi”da zaxira posboniga aylanib qolganidan xafa va rahbariyatdan qishki transfer oynasi vaqtida boshqa jamoaga o'tishi haqida aytmoqchi.
Eslatib o'tamiz, yozgi transfer oynasi vaqtida “Real” “CHelsi”dan belgiyalik Tibo Kurtuani 35 million evroga sotib olgandi.
31 yoshli Navas 2014 yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. Madridliklar safida u Ispaniya chempioni, uch bor ECHL g'olibligiga erishgan. Joriy mavsumda u La Ligada ikkita bellashuvda maydonga tushdi va bitta gol o'tkazdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar tuzilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar