Nasri: "Manchester Siti" sovrinni o'z uyida boy berdi"
19 iyu 2015 13:45
Yangiliklar


Nasri: "Manchester Siti" sovrinni o'z uyida boy berdi"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Samir Nasri o'tgan mavsumdagi jamoasining o'yinini tahlil qildi.
"Men yomon mavsum o'tkazdim. Bir yil oldingi kabi o'ynay olmadim va jarohatlarim ko'p bo'ldi.
"Manchester Siti" kabi jamoada o'ynasang, har yili sovrin qo'lga kiritish haqida o'ylaysan. O'tgan mavsum yakunlaridan ko'nglim to'lmadi. Butun jamoa xafa, chunki biz bundanda ko'prog'iga qodirmiz. "CHelsi" ochko yig'ayotganda, chempionlikni o'z uyimizda boy berdik.
Afsuski liga autsayderlari "Byornli", KPR, "Xall"ga ochko ulashdik. Nega? Agar javobini bilganimda, bu voqealar sodir bo'lmasmidi. Bazida raqib kuchiga etarlicha baho bermaysan. CHempionlikni qo'lga kiritishni istasak, xatolarimiz ustida ishlashimiz kerak" - deydi Nasri.

Fikrlar