Nasibullaev “Navbahor” lagerini tark etdi
31 jan 2014 14:48
Yangiliklar


Nasibullaev “Navbahor” lagerini tark etdi
Mavsumlar oralig'ida "Navbahor"ga jalb etilgan himoyachi SHavkat Nasibullaev jamoamizning Toshkentdagi qarorgohini tark etdi.
Xabaringiz borki, himoyachi Toshkentdagi yig'in davomida tarkibga qo'shilib, "Oq-tepa" hamda "Metallurg" jamoalariga qarshi o'tgan nazorat o'yinlarida maydonga tushishga ulgurgandi. “Metallurg”ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo'limida maydonga tushgan bo'lsada, tez orada almashtirilgandi. Aftidan futbolchiga aynan shu holat yoqmagan ko'rinadi. SHuningdek, “Metallurg” bilan bahsda ishtirok etgan yosh futbolchi Kamron Kapadze ham jamoa mashg'ulotlariga qo'shilgani yo'q. “Metallurg”ga qarshi o'yinda jarohat olgan Qahramon Mahammadjonov esa ayni paytda tiklanish jarayonini o'tkazmoqda.

Fikrlar