"Nasaf"ning sobiq murabbiyi kasbini o'zgartirdi
17 fev 2018 13:39
Yangiliklar
"Nasaf"ning sobiq murabbiyi kasbini o'zgartirdi
Qarshining "Nasaf" jamoasi sobiq bosh murabbiyli Anatoliy Demyanenko Kiev shahri futbol federaciyasi prezidenti etib saylandi.
O'tmishning mohir futbolchisi Demyanenkoga saylovda sobiq futbolchi Vladislav Vashuk raqobat qildi. Saylovda "Dinamo Kiev" va "Spartak"ning sobiq futbolchisi ham o'z nomzodini qo'ygandi. Lekin saylovda g'oliblik "Nasaf" bilan 2011 yilda OFK kubogini qo'lga kiritgan murabbiyga nasib etdi. Vladislav Vashuk esa Demyanenkoning o'rinbosari etib tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, Anatoliy Demyanenko futbolchilik faoliyati yakunlagandan so'ng murabbiy sifatida ishlayotgandi. Demyanenko "Nasaf"dan tashqari "Dinamo Kiev", "Neftchi" Boku hamda "Volin" jamoalarida ishlagan.
2013 yildan buyon murabbiylik qilmagan Demyanenko endilikda boshqa lavozimda o'zini sinab ko'radi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar