So’nggi yangiliklar

19:51"Манчестер Сити" - "Видад Касабланка". Таркиблар маълум  8 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   1 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  1 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  6 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  6 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  4 14:21Ўзбекистон Кубогидан ўрин олган “Бухоро” — ОКМК учрашувини бошқарадиган ҳакамлар номи маълум бўлди  1

"Nasaf"ning raqibi "Al Vasl" haqida Yangiliklar

"Nasaf"ning raqibi "Al Vasl" haqida

Teglar :  NasafAl Vasl
Osiyo CHempionlar ligasining 2-turida “Nasaf” Birlashgan Arab Amirligining “Al Vasl” klubi bilan o'z maydonida bahs olib boradi.

Mazkur uchrashuv Qarshi shahridagi ”Markaziy” stadionda 20 fevral, seshanba kuni soat 18:00da boshlanadi.

"Nasaf" klubi matbuot xizmati “Al Vasl” haqida umumiy malumotlarni keltirib o'tdi.

To'liq nomi: “Al Vasl” futbol klubi (Dubay shahri, Birlashgan Arab Amirligi)
Tashkil bo'lgan yili: 1960 yil
Laqabi: “Gepardlar”
Klub prezidenti: Muxammad Axmad Bin Faxad
Klub bosh murabbiyi: Rodolfa Arrauabarrena (Argentina)
Stadioni: Zabel stadium, Dubay (sig'imi: 18000)
Erishgan yutuqlari: BAA Pro ligasining 7 karra chempionati, 2 karra BAA kubogi sohibi, Fors qo'ltig'i chempionlar kubogi sohibi.

“Al Vasl” klubi BAA Pro ligasining o'tgan 2016/17 yillardagi mavsumida  2-o'rinni egallagan va OCHL-2018da ishtirok etishi huquqini qo'lga kiritgan. BAA Pro ligasi 1977 yilda tashkil bo'lgan bo'lib, ayni paytda 14 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

“Al Vasl” klubi bu yilgi ichki chempionatda 16 uchrashuvdan so'ng 32 ochko to'plab, turnir jadvalining uchinchi pog'onasini egallab turibdi. SHuningdek raqibimiz Qarshiga kelishi oldidan BAA kubogining chorak finalidagi javob uchrashuvini ham o'tkazdi. Urashuvda “Al Nasr” bilan kuch sinashib, kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi (dastlabki uchrashuv-2:2) va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

“Al Vasl” jamoasini 2011/2012 yillardagi mavsumda jahon futbolining afsonasi bo'lmish Diego Maradano ham boshqargan.

Ayni paytda esa uning hamyurti Rodolfa Arrauabarrena “Al Vasl”ga ustozlik qilmoqda.

Jamoa tarkibida mahalliy futbolchilar bilan birga, to'rt nafar legioner futbolchilar ham to'p tepishmoqda. Bular braziliyalik yarim himoyachilar Fabio Lima, Ronaldo Mendes va hujumchi Kayo Kanedolardir. Yarim himoyachi Entoni Kaseres esa Avstraliyaliyadan.


“Al Vasl”ning keyingi uchrashuvlarda maydonga tushayotgan tarkibi.

Darvozabonlar:


1.Sulton Al Manteri
12.Yusuf Abdulla

Himoyachilar:

3.Abdulloh Saloh
4.Abdulla Jassim
6.Vohid Ismoil
44.Salim Juma Alazizi
55.Axmad Essa Juma
77.Hazza Al Farezi

Yarim himoyachilar:

5.Ali Salmon Al Balushi
8.Entoni Kaseres (Avstraliya)
10.Fabio Lima (Braziliya)
13. Xolid Al SHayboni
15.Abdulla Al Naqbi
17.Ronaldo Mendes (Braziliya)
24.Hamad Al Blushi
78.Xalil Xamis
88.Humaid Abbos

Hujumchilar:

7.Kayo Kanedo (Braziliya), jamoa sardori
22.Muhammad Hasan
99.Ali Solih


Jamoaning hozirgi paytdagi to'purari Fabio Lima hisoblanadi. Bu futbolchi raqiblari darvozasini 17 marta ishg'ol qilgan. Kayo Kanedo esa 12 marta gol muallifi bo'lgan.

“Nasaf” bu safar ana shunday jamoaga qarshi bahs yuritadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика