“Nasaf”ning nazorat uchrashuvlari haqida
10 jan 2017 13:38
Yangiliklar
“Nasaf”ning nazorat uchrashuvlari haqida
"Nasaf" bugun Kipr mamlakatining “Limassol” klubi bilan ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Klub haqida umumiy malumotlar
To'liq nomi: AEL (grekchadan -Limassol sport jamiyati) Limassol futbol klubi
Tashkil etilgan sanasi: 04.10.1930 yil
Bosh murabbiy: Xristakis Xristoforu (Kipr)
Kipr chempioni (Oliy liga – A divizioni): 1940/41, 1952/53, 1954/55, 1967/68, 2011/12 yillar (6 marta)
Kipr kubogi sohibi: 1938/39, 1939/40, 1947/48, 1984/87, 1988/89 yillar (6 marta)
Kipr superkubogi sohibi: 1953, 1968, 1985 yillar (3 marta)
Evropa ligasi ishtirokchisi: 1968/69, 1985/86, 1987/88, 1989/90, 2002/03, 2014/15
Evropa chempionlar ligasi ishtirokchisi: 2012/13, 2014/15 yillar.
Bugungi nazorat uchrashuvi jamoa joylashgan “Kameliya World” mehmonxonasi futbol maydonida bo'lib o'tadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanadi. Ushbu uchrashuv natijasi haqidagi malumotni, uchrashuv yakuniga etgach sayti orqali o'qib, bilib olishingiz mumkin bo'ladi.
"Nasaf” Antaliya shahrida 6ta uchrashuv o'tkazishni rejalashtirgan. Demak, jamoa yana 5ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Quyida o'yinlar taqvimi bilan tanishtirib o'tamiz.
11.01.2017 (chorshanba)
“Neftchi” (Ozarbayjon) - “Nasaf” (O'zbekiston)
Antaliya sh., “Bellis Deluxe” mehmonxonasi maydoni
15.01.2017 (shanba)
“Nasaf” (O'zbekiston) – “Botoshani” (Ruminiya)
16.01.2017 (yakshanba)
“Nasaf” (O'zbekiston) – “Sumgait” (Ozarbayjon)
18.01.2017 (chorshanba)
“Nasaf” (O'zbekiston) – “Karpati” (Ukraina)
20.01.2017 (juma)
“Nasaf” (O'zbekiston) – “SHaxtyor” (Qozog'iston)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar