So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  13 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

“Nasaf”ning finalgacha bosib o'tgan yo'li Yangiliklar

“Nasaf”ning finalgacha bosib o'tgan yo'li

Qarshining “Nasaf” jamoasi bu yilgi kubok bahslarini chorak finaldan boshladi. Jamoa finalgacha 6ta uchrashuvda maydonga tushdi va barcha uchrashuvlarda g'alaba qozondi.

Futbolchilar kubok bahslarida raqiblar darvozasini 13 marta ishg'ol qilishdi. O'z darvozalaridan esa 3 marta gol o'tkazishdi. Ushbu bahslarda futbolchilariga 8 marta sariq kartocha va 1 marta qizil kartochkalar ko'rsatildi.
 
Eng qiziqarlisi, endigina (ikkinchi davradan) jamoa safiga qo'shilgan Igor Golban aynan kubok bahsida ilk golini kiritdi (“Nasaf” – “Andijon” 2:1). SHuningdek bu yilgi kubok bahslaridagi jamoaning ilk goli muallifi Azamat Allaniyozov bo'ladi. Ushbu tajribali hujumchi “Neftchi” – “Nasaf” 1:4 kubok uchrashuvining 10-daqiqasida hisobni ochgan va uchrashuvda dubl qayd etgan. So'nggi gol muallifi Doniyor Narzullaevdir, “Buxoro” – “Nasaf” 1:2 uchrashuvining 85-daqiqasida kiritilgan gol jamoa g'alabasini taminlagan.
 
Ikkinchi davradan jamoa safini tark etgan yarim himoyachi Artur Gevorkyan ham o'zining so'nggi uchrashuvini kubok bahsi bilan tugatgan (“Andijon” - “Nasaf” 0:2) va jamoa safidagi so'nggi golini penaltidan kiritgan edi.  
 
Kubok bahslarida gol urgan futbolchilari
 
Azamat Allaniyozov – 2
Bahrom Abdurahimov – 2
Igor Golban – 2
Bobir Abduholiqov – 1
Islom Rashidxonov – 1
Fozil Musaev – 1
Dragan CHeran – 1
Doniyor Narzullaev - 1
Artur Georkyan (pen.) - 1
Erkin Boydullaev - 1
 
Quyida “Nasaf” jamoasining finalgacha o'tkazgan uchrashuvlarining natijalarini etiboringizga havola qilamiz
 
O'zbekiston Kubogi-2016. 1/8 final. Dastlabki uchrashuv. 26.03.2016 y.
“Neftchi” (Farg'ona) – “Nasaf” (Qarshi) 1:4 (1:2).  5346 tomoshabin
Farg'ona. “Istiqlol” stadioni.
Bosh hakam:
B.Namozov (Toshkent)
Gollar: Abbos Maxstaliev, 24’-1:2 – Azamat Allaniyozov, 10’-0:1, 64’-1:3,  Erkin Boydullaev, 15’-0:2, Bahrom Abdurahimov, 79’-1:4.
Ogohlantirish: M.Ubaydullaev (35).
 
 
O'zbekiston Kubogi-2016. 1/8 finali javob uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Neftchi” (Farg'ona) 1:0.  3018 tomoshabin
21.05.2016. “Markaziy” stadion. Soat 19:30da
Bosh hakam
: Ahrol Risqullaev (Toshkent)
Gol: Bobir Abduxoliqov, 63’-1:0.
Ogohlantirish: Bobur Abduholiqov 37 - Alisher Samadov 32, Umid Qodirov 41, Jahongir Mehmonov 58, Murod Bobojonov 90+1.
 
 
O'zbekiston Kubogi, chorak finali javob uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Andijan” (Andijon) 2:1 (0:0)
29.07.2016. “Markaziy” stadion. Soat 20:00da

Bosh hakam:  V. Agishev (Toshkent),
Gol: Islom Rashidxonov, 61’-1:1, Igor Golban, 81’-2:1  – Dilshod Jo'raev (pen), 60’-0:1
Ogohlantirish: Fozil Musaev 28, Igor Golban 30 – Ro'zimboy Axmedov 28, Ibroximjon Otaxonov 44, Denis Ilesku  81, Alibobo Rahmatullaev 90+1, Farhodbek Bekmurodov 90+3.
 
 
O'zbekiston Kubogi-2016. ¼ finali dastlabki uchrashuvi
“Andijon” (Andijon) – “Nasaf” (Qarshi) 0:2 (0:0)
05.07.2016. “Sog'lom avlod” stadioni. Soat 18:00da
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (Toshkent)
Gol: Artur Gevorkyan (pen), 54’-0:1, Bobur Abduxoliqov, 79’-0:2,
Ogohlantirish: Boburjon Akbarov 53.   

 
O'zbekiston Kubogi, ½ final dastlabki uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro) 2:0 (2:0). 5231 tomoshabin
22.08.2016. “Markaziy” stadion. 20:00da
Bosh hakam:
Vladislav Ceytlin (Toshkent) -8,8
Gol: Fozil Musaev, 16’-1:0, Igor Golban, 29’-2:0,
Ogohlantirish: Fozil Musaev 7, Eldorbek Suyunov 87 – SHavkat Salomov 7, Aziz Ibragimov, 45+2.
 
 
O'zbekiston Kubogi-2016. ½ finali javob uchrashuvi. 21.09.2016 y.
“Buxoro” (Buxoro) - “Nasaf” (Qarshi) 1:2 (0:1).  9953 tomoshabin
Buxoro sh., “Buxoro” SM. 18:00da
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (Toshkent) – 9,0
Gol: Vadim CHemirtan, 58‘-1:1 - Dragan CHeran, 37’-0:1, Doniyor Narzullaev, 85’-1:2.
Ogohlantirish: Aleksandr Merzlyakov 26, Ruslan Melziddinov 28, Vadim CHemirtan 45+1, Maksimilian Fomin 85 - Ognen Krasich 22, Farruh Sayfiev 62.
CHetlatish: Ognen Krasich (2SK) 26.
 


 
“Nasaf” jamoasi bu yilgi finalgacha ana shunday etib keldi. Endi o'z tarixida oltinchi marta kubok finalida ishtirok etadi.
 
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogi-2016 final uchrashuvi 30 noyabr chorshanba kuni Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida soat 13:00da boshlanadi.
 
Final uchrashuviga chiqarilgan chiptalar sotuvi davom etmoqda.
 
“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика