So’nggi yangiliklar

11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  1 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  18 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  5 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  2 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  9 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  4 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0

“Nasaf”ning birinchi davra umumiy statistikasi Yangiliklar

“Nasaf”ning birinchi davra umumiy statistikasi

Teglar :  NasafStatistika
Futbol bo'yicha XXVI O'zbekiston chempionatining birinchi davra uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi. Jamoamizning birinchi davra o'yinlarini raqamlar orqali tahlil qilib chiqamiz.

Quyidagi “Nasaf”ning birinchi davra umumiy statistikasi bilan tanishing.

“Nasaf” birinchi davra mobaynida o'tkazilgan 15 uchrashuvning 6tasini o'z maydonida, aniq qilib aytsak G'uzorda o'tkazdi. 9 uchrashuvni esa safarda o'tkazdi.

Bo'lib o'tgan uchrashuvlarning 8tasida g'alaba, 2tasida durang natijaga erishildi. 5 uchrashuvda esa jamoamiz mag'lub bo'ldi. Raqiblar darvozasiga 24ta to'p kiritib, o'z darvozasidan 14ta gol o'tkazib yubordi. Jamoamiz 2 marta penalti tepish imkoniga ega bo'ldi. SHuningdek 2 marta darvozamizga ham penalti belgilandi. Bo'lib o'tgan o'yinlarning bittasida raqib futbolchisi o'z darvozasini ishg'ol etgan.

O'yinchilarimiz 23 marta hakamlar tomonidan ogohlantirildi. Hech bir o'yinchimiz qizil kartochka bilan jazolanmadi.

Qo'lga kiritilgan 8 g'alabaning 6tasi uy uchrashuvlarida, 2tasi esa safar uchrashuvlarida qo'lga kiritildi. Safarda bo'lib o'tgan 9 uchrashuvning 2tasida g'alaba, 2tasida durang va qolgan 5 uchrashuvda mag'lubiyatga uchraldi. “Nasaf” uy uchrashuvlarining barchasida g'alabaga erishdi.

Bo'lib o'tgan 2 uchrashuvda jamoamiz eng yirik hisobdagi g'alabaga erishdi: O'zPFL 4-tur. “Nasaf” – “So'g'diyona” 4:0. 15-tur. “Nasaf” – “Navbahor” 4:0. Bitta uchrashuvda eng ko'p gol o'tkazib, mag'lub bo'ldi. O'zPFL 3-tur. “Bunyodkor” – “Nasaf” 3:2.

Futbolchilarimiz uy uchrashuvlarida 14ta gol kiritishdi, safardagi uchrashuvlarda esa raqiblar darvozasini 10 marta ishg'ol etishdi. Darvozabonlarimiz uy uchrashuvlarida o'zlari qo'riqlagan darvozalardan faqat 1ta to'p olib chiqishdi. Safar uchrashuvlarida esa 13ta gol o'tkazib yuborishgan, shulardan 2tasi penaltidan.

To'plangan 26 ochkoning 18tasi uy uchrashuvlarida, 8tasi safardagi uchrashuvlarda qo'lga kiritildi.

Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda jamoamiz tarkibida maydonga tushgan eng yosh o'yinchimiz, yarim himoyachi  - Islom Kenjabooev bo'ldi, 18 yosh.

Eng yoshi katta o'yinchi esa himoyachimiz - Maqsud Karimov bo'ldi, 32 yosh.

Faqat ikki nafar o'yinchimiz, birinchi davradagi bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlarda maydonga tushishdi. Bular Akmal SHorahmedov va Bahrom Abdurahimovlardir. Ular maydonda 1350 daqiqa mobaynida harakat qilishgan.

Birinchi davrada murabbiylarimiz 20 nafar futbolchi xizmatidan foydalanishdi. Ulardan 2 nafari darvozabon, 6 nafari himoyachilar, 7 nafari yarim himoyachilar va 5 nafari hujumchilardir.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика