

Ta'kidlab o'tish lozimki, qarshiliklarning 1000 - yubiley goliga jamoa hujumchisi Ilhom Shomurodov mualliflik qildi.
"Ajdarlar" 1997 yildan beri muntazam ravishda oliy ligada o'ynab kelishmoqda. Jamoa 550ta o'yinning 307tasida g'olib chiqqan. 104 bor durang o'ynab 139 marta imkoniyatni boy berib qo'ygan. 1000ta to'p kiritib o'z darvozasidan 636ta to'p olib chiqqan.
Ma'lumot uchun, hozirga qadar oliy ligada uchta klub 1000tadan ortiq gol urgan. Bular "Paxtakor" (1606), "Neftchi" (1485) va "Navbahor" (1227).




