"Nasaf"ga qarshi o'yindan oldin AGMKda uch yo'qotish
14 mar 2021 14:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625272_original.jpg)
![](/upload/storage/625272_220.jpg)
"Nasaf"ga qarshi o'yindan oldin AGMKda uch yo'qotish
Bugun Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tadi.
AGMK klubi mazkur o'yinga jalb etilgan 20 nafar futbolchidan iborat qaydnomani elon qildi. Ushbu qaydnomadan darvozabon Botirali Ergashev, himoyachilar Dilshod Ahmadaliev va Sardor Rahmonov o'rin olishmadi.
Demak, bu futbolchilar "Nasaf"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishmaydi. Dastlabki turda qaydnomadan o'rin olmagan yarim himoyachilar SHohruh Gadoev va Husniddin G'ofurov esa bu safar ro'yxatda bor.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - AGMK uchrashuvi soat 18:30da Qarshidagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar