So’nggi yangiliklar

01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  0 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  0 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:59Миллатлар лигаси. Франция - Италия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  4 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  7 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   31 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  6

"Nasaf"ga mos OFK Kubogining boshqa guruhlariga start berildi Yangiliklar

"Nasaf"ga mos OFK Kubogining boshqa guruhlariga start berildi

Qarshiliklar guruhdan chiqish masalasini 9 ochko bilan hal qilishdi.

OFK Kubogining guruh bosqichini muvaffaqiyatli tarzda yakunlagan "Nasaf" buyog'iga pley-off bahslarida o'z omadini sinab ko'radi. "Nasaf" avgust oyida Markaziy Osiyo mintaqasi g'olibi bo'lish uchun Turkmanistonning "Ahal" klubiga qarshi bahs olib boradi. 

Kecha G'arbiy mintaqada ham guruh bellashuvlari start oldi. Malumki, bu mintaqada jamoalar uch guruhga bo'lingan. Quyida boshqa guruhlar va "Nasaf" "Ahal"ni mag'lub etgan taqdirda kimlar bilan o'ynashi mumkinligiga to'xtalamiz. 

Mintaqalar va guruhlar

Nufuzi jihatdan Osiyo chempionlar ligasidan keyingi o'rinda turadigan OFK Kubogining guruh bosqichi ishtirokchi klublarni beshta mintaqaga bo'lgan holda o'tkaziladi. Bu erda jami 10ta guruh tuzilgan. 

G'arbiy Osiyo mintaqasi - "A", "B", "C" guruhlari

Janubiy Osiyo mintaqasi - "D" guruhi

Markaziy Osiyo mintaqasi - "E", "F" guruhlari

ASEAN mintaqasi - "G", "H", "I" guruhlari

SHarqiy Osiyo mintaqasi - "J" guruhi


Guruhlar va jamoalar 

"A" guruhi: "Al Ahed" (Livan), "Al Hidd" (Bahrayn), "Al Vahda" (Suriya).

O'yinlar Bahraynda o'tkazilyapti. 

21 may. "Al Vahda" - "Al Ahed" 0:0

24 may. "Al Hidd" - "Al Vahda"

27 may. "Al Ahed" - "Al Hidd"


"B" guruhi: "Al Salt" (Iordaniya), "Markaz Balata" (Falastin), "Al Ansar" (Livan), "Al Muharraq" (Bahrayn).

O'yinlar Iordaniyada o'tkazilyapti.

21 may. "Al Salt" - "Al Muharraq" 0:1

21 may. "Markaz Balata" - "Al Ansar" 0:2

24 may. "Al Muharraq" - "Markaz Balata"

24 may. "Al Ansar" - "Al Salt"

27 may. "Al Ansar" - "Al Muharraq"

27 may. "Al Salt" - "Markaz Balata"


"C" guruhi: "Tishriin" (Suriya), "Markaz shabab Al Amari" (Falastin), "Al Faysali" (Iordaniya), "Quvayt SK" (Quvayt).

O'yinlar Iordaniyada bo'lib o'tyapti.

21 may. "Tishriin" - "Quvayt SK" 3:3

21 may. "Al Faysali" - "Markaz shabab Al Amari" 2:0

24 may. "Quvayt SK" - "Markaz shabab Al Amari"

24 may. "Al Faysali" - "Tishriin"

27 may. "Tishriin" - "Markaz shabab Al Amari" 

27 may. "Al Faysali" - "Quvayt SK"


"D" guruhi: "Moxun Bagan" (Hindiston), "Bashundxara Kings" (Bangladesh), "Maziya" (Maldiv), Pley-off g'olibi.

Guruh o'yinlari 30 iyun - 6 iyul oralig'ida o'tkaziladi. Qaerda bo'lib o'tishi hozircha malum emas. 


"E"guruhi: "Ravshan Kulob" (Tojikiston), "Dordoy" (Qirg'iziston), "Ahal" (Turkmaniston).

O'yinlar Qirg'izistonda o'tkazildi. "Ahal" keyingi bosqichga chiqdi. 

"F" guruhi: "Nasaf" (O'zbekiston), "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Xo'jand" (Tojikiston), "Oloy" (Qirg'iziston).

O'yinlar Tojikistonda o'tkazildi. "Nasaf" keyingi bosqichga chiqdi.


"G" guruhi: "Xanoy" (Vetnam), "Bali Yunayted" (Indoneziya), "Boeing Ket" (Kambodja), Pley-off g'olibi.

Guruh o'yinlari 30 iyun - 6 iyulga belgilangan. Qaerda bo'lishi hali malum emas. 

"H" guruhi: "Kedah Darul Aman" (Malayziya), "Lion Siti" (Singapur), "Saygon" (Vetnam), "Persipura Jayapura" (Indoneziya).

Guruh o'yinlari 29 iyun - 5 iyul oralig'ida o'tkaziladi. Singapur mezbonlik qiladi. 

"I" guruhi: "Kaya Iloylo" (Filippin), "Terengganu" (Malayziya), "Geylang Interneshnl" (Singapur).

Guruh o'yinlari 30 iyun - 6 iyul oralig'ida Singapurda bo'ladi. 

"J" guruhi: "Istern" (Gonkong), "Taynan Siti" (Xitoy Taypeyi), "Atletik 220" (Mo'g'uliston), "Li Man" (Gonkong).

Guruh o'yinlari 23 iyun - 29 iyun oralig'ida Gonkongda o'tkaziladi.


"Nasaf" "Ahal"ni ortda qoldirsa kim bilan o'ynaydi?

Guruhdan chiqish masalasini 9 ochko bilan hal qilgan "Nasaf" keyingi bosqichda Turkmanistonning "Ahal" klubiga qarshi bahs olib boradi. Bu ikkita uchrashuvdan iborat bahs bo'lishi belgilab qo'yilgan. Lekin pandemiya tufayli uchrashuv bitta o'yindan iborat bo'lishi hamda neytral maydonda o'tkazilishi ham mumkin. Buni endi vaqt ko'rsatadi. O'yinlar hozircha 11 va 25 avgustga qo'yilgan. 

OFK Kubogi bahslarida 10ta guruh bor. Lekin umumiy hisobda 12ta jamoa keyingi bosqichga chiqadi. Bu qanday taqsimlanadi?

G'arbiy Osiyo mintaqasi - "A", "B", "C" guruhlari (Yo'llanma 3+1. Yani uchta guruh g'oliblari hamda eng yaxshi bitta ikkinchi o'rin egasi).

Janubiy Osiyo mintaqasi - "D" guruhi (Yo'llanma 1ta. Faqat guruh g'olibi chiqadi).

Markaziy Osiyo mintaqasi - "E", "F" guruhlari (Yo'llanma 2ta. Har bir guruh g'olibi keyingi bosqichga chiqib bo'ldi).

ASEAN mintaqasi - "G", "H", "I" guruhlari (Yo'llanma 3+1. Bu ham tushunarli). 

SHarqiy Osiyo mintaqasi - "J" guruhi (Yo'llanma 1ta. Faqat guruh g'olibi chiqadi). 

SHu o'rinda bir narsani takidlash kerak, OFK Kubogida G'arbiy Osiyo klublariga katta ustunlik berilgan. Yani uchta guruhdan chiqqan 4ta jamoa ikkitadan ikki juftlikka bo'linadi. Birinchi juftlik g'olibi narigi juftlik g'olibiga qarshi o'ynab, to'g'ri musobaqa finaliga yo'l oladi. Yani G'arbiy Osiyo mintaqasi klublari to finalga qadar boshqa mintaqa jamoalari bilan duch kelmaydilar.

Endi faraz qilamiz, "Nasaf" "Ahal"ni ham ortda qoldirdi. SHunda "Nasaf" Markaziy Osiyo mintaqasi g'olibi sifatida mintaqalararo pley-off o'yinlariga yo'l oladi. Janubiy Osiyo va SHarqiy Osiyo mintaqasida bittadan guruh bo'lgani uchun ikkita klub o'z mintaqalari g'olibi sifatida mintaqalararo pley-off yo'llanmasiga ega bo'lishadi. ASEAN mintaqasidan ham dastlab to'rtta klub guruhdan chiqadi va ular ham G'arb mintaqasiga o'xshab mintaqaviy g'olibni aniqlab olishadi. Yakunda ASEAN mintaqasi chempioni kurashga to'rtinchi jamoa bo'lib qo'shiladi. 

SHunda so'ng to'rtta klub o'rtasida qura tashlanib mintaqalaro pley-off o'yinlari o'tkaziladi. Mintaqalararo yarim finalda g'olib chiqqan jamoa musobaqaning hal qiluvchi final bahsida G'arbning eng kuchli jamoasiga qarshi bahs olib boradi. OFK Kubogining bu yilgi finali 26 noyabrga belgilangan bo'lib, bitta o'yindan iborat bo'ladi va G'arbiy mintaqadan chiqqa jamoa uy maydonida o'tkaziladi.

Reyting: -39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика