"Nasaf"ga faoliyati davomida 150ta gol urgan hujumchi kelmoqda"
28 iyu 2021 16:08
Yangiliklar
"Nasaf"ga faoliyati davomida 150ta gol urgan hujumchi kelmoqda"
Qarshining "Nasaf" klubi yozgi transferlar oynasi vaqtida serbiyalik hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Nasaf" ajoyib to'purar hujumchi — Andreya Kaludjerovichni olib kelyapti. Futbolchi bugun O'zbekistonga keladi.
Sifatli legioner. Haqiqiy hujumchi. Yozda Serbiya Superligasining "Proleter" jamoasiga o'tib, 2 turda gol urishga ham ulgurgandi. Faoliyati davomida 150ta gol urgan hujumchi.
"Turon" Kaludjerovich bilan uzoq muzokara o'tkazib, yakunda kelisholmagandi. Andreya "Nasaf" bilan dedlaynga 2 kun qolganda nihoyat kelishdi. Qimmatroq, lekin sifatli legioner. Boyan Matichdan ikki karra zo'r. Buni serbiyaliklar ham tasdiqlashdi", - deb yozadi SHahboz Beg'amov tvitterdagi o'z sahifasida.
Fikrlar