So’nggi yangiliklar

07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  0 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  22 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  87 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  1 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  9

“Nasaf”ga bronza medallari topshirildi Yangiliklar

“Nasaf”ga bronza medallari topshirildi

“Nasaf” professional futbol klubi qarorgohi restoranida futbolchilarimizga O'zbekiston chempionati bronza medallarini topshirish tantanali marosimi bo'lib o'tdi.

Joriy mavsumda “Nasaf” jamoasi o'z tarixida o'ninchi marta bronza medalini qo'lga kiritdi. Bu bilan jamoamiz ketma-ket to'rtinchi marta ana shunday yutuqni qo'lga kiritmoqda. Bu yutuqlarni qo'lga kiritilishida klubimizning nafaqat murabbiylari yoki futbolchilarining balki har bir ishchi xodimining, klub muassisi  “SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyatining beqiyos hissasi bor.

Tanatanali marosimda Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti, senator Z.SH.Ro'ziev, viloyat hokimligi vakillari, “SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning O.SH.Temirov boshchiligidagi rahbar xodimlari, O'zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori F.A.Magometov, OAVlari vakillari, klubimizning bir guruh faol muxlislari, taniqli jurnalistlar va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.

Taqdirlash marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol federaciyaisi prezidenti, senator Zafar SHaropovich Ro'ziev Nasaf” futbol klubi rahbariyatini va murabbiylarni hamda barcha futbolchilarni  qo'lga kiritilgan yutuq bilan, hamda klub tashkil bo'lganining 30 yilligi bilan qizg'in muborakbod etdi.

Marosimda “Nasaf” PFKning rahbar xodimlari va murabbiylari hamda futbolchilari Qashqadaryo viloyati hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Klub prezidenti O.SH.Temirov, klub bosh menedjeri SH.S.Yarulin, klub sport direktori V.N.Ni, jamoa bosh murabbiyi R.S.Beridev, jamoa katta mamuri A.Turdiqulov, o'rinbosarlarimiz jamoasi murabbiyi Z.Xolmurodov, futbol maktabi direktori S.Kucherenko, murabbiy N.Sultonov, futbolchilardan SH.Azamov, M.Karimov va SH.Muhammadievlarga faxriy yorliqlarni viloyatimiz hokimligining rahbar xodimlari topshirishdi.



Marosimda futbolchi va murabbiylarga O'zbekiston chempionatining bronza medallari tanatanali ravishda topshirildi. Bronza medallarini F.A.Magometov, klub prezidenti O.SH.Temirov, “Nasaf” PFK bosh menedjeri SH.S.Yarulinlar topshirishdi. F.Magometov klubimizni qo'lga kiritgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi.

Tanatanali kechada shuningdek “Nasaf” PFK bosh hoimiysi – “SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ direktori, klub prezidenti O.SH.Temirov so'zga chiqib, futbolchilarni, murabbiylarni va klubimizning barcha xodimlarini qo'lga kiritilgan yutuq bilan hamda 30 yillik yubiley bilan samimiy muborakbod etdi.

Taqdirlash marosimda “Nasaf” PFK tomonidan tashkil etilgan  bir qancha nominaciyalar o'z sohiblariga topshirildi. Nominantlar elon qilinishidan avval klub matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish qilindi.

“Nasaf” jamoasining umidli futbolchisi” nominaciyasi sohibi, jamoamizning yosh darvozaboni Umidjon Ergashevga topshirildi. Sovrinni “SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ direktori o'rinbosari F.Quvvatov topshirdi.

“Yil kashfiyoti” sovrini Bobir Abduholiqovga, “Yilning eng yaxshi himoyachisi” sovrini Farruh Sayfievga, “Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi” sovrini Fozil Musaevga topshirildi. “Yilning eng yaxshi hujumchisi” sovrini sohibi Dragan CHeran bo'ldi.

Tanatanali kechada qo'lga kiritilgan yutuqlarga o'zlarining mehnatlari orqali hissa qo'shgan ko'pdan-ko'p kishilarga tashakkurnomalar va esdalik soqg'alari ham topshirildi. Ana shunday tashakkurnomalar O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, o'zbek futbol jurnalistlarining ustozi, taniqli futbol sharhlovchisi Axbor Imomxo'jaevga va Toshkent shahridan tashrif buyurgan bir guruh jurnalistlarga, Qashqadaryo Teleradiokompaniyasi direktori o'rinbosari, jurnalist Jahongir To'ychievga, “Nasaf” PFK muxlislar klubi etakchisi - O'ktam Uzoqovga, championat.asia futbol portali rahbari – Nodir Yuldashevlarga topshirildi.

Tantanali marosim yaxshi kayfiyat va ko'tarinki ruhda o'tdi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика