So’nggi yangiliklar

12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  0 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  0 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  4 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  5 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  11 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  6 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  5 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3

"Nasaf"dek klub yo'q bo'lib ketsa, keyin attang qilib qolamiz" - Sergey Kucherenko bilan suhbat Yangiliklar

"Nasaf"dek klub yo'q bo'lib ketsa, keyin attang qilib qolamiz" - Sergey Kucherenko bilan suhbat

So'nggi paytlarda "Nasaf" klubidagi mavhum vaziyat barcha muxlislarni tashvishga solayotgani bor gap.

Kecha Qarshi shahrida "Nasaf" klubidagi moliyaviy muammolarni echish masalalari muhokama qilindi. Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev o'tkazgan mazkur yig'ilishda O'FA vakili, Qashqadaryo FA vakili, viloyat DXX vakili, "SHo'rtan gaz kimyo majmuasi" bosh direktori-"Nasaf" klubi prezidenti SHuhrat Aslanov, "Nasaf" klubi bosh direktori Sergey Kucherenko va "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

Biz "Nasaf" klubi bosh direktori Sergey Kucherenkoga qo'ng'iroq qilib hozirgi vaziyat haqida so'radik.

"Kecha haqiqatdan ham yuqori darajadagi yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda "Nasaf" klubining kelajagi muhokama qilindi. Bilasizmi o'tgan mavsum jamoamiz Superligada ikkinchi o'rinni egalladi. Bu ajoyib natija. Ayni paytda O'zbekistonda moliyaviy holat va tarkib jihatidan "Paxtakor" bilan hech kim tenglasha olmaydi. Bizning yigitlar men uchun haqiqiy chempion. SHunday ekan ularga shunchaki kumush medal taqib qo'yish to'g'ri bo'lmasdi. Ularni munosib rag'batlantirish zarur. Viloyat hokimi va klub rahbariyati tez fursat ichida barcha qarzdorliklar bartaraf etilishini malum qilishdi. Buning uchun bor kuchlar ishga solinadi.

Bilasizmi 2020 yil butun dunyo uchun og'ir bo'ldi. Bu klubimizga ham tasir qilmay qolmadi albatta. Futbolda har kuni ishlash kerak, futbolchilarga sharoit yaratib berish bizning vazifamiz. Futbolchilar shunday kasb egasiki har kuni mashg'ulotga boradi, dam oladi va futbol o'ynaydi. Asosiy vaqti bazada o'tadi. SHunday ekan ulardagi motivaciya yuqori bo'lishi uchun rag'batlantirish zarur.

"Nasaf"dagi infratuzilma hattoki "Paxtakor"da ham yo'q deb bemalol ayta olaman. Hisoblab chiqsak "Nasaf"da o'smirlar, yoshlar va milliy terma jamoalarida o'ynashi mumkin bo'lgan 30dan ortiq nomzod bor ekan.

Pul bor joyda ishonchsizlik ham bo'lishi tabiiy. Marhamat kimda shubha bo'lsa istalgan tashkilot kelib tekshirishi mumkin. Biz har bir so'm nimaga sarflanganini ko'rsatib bera olamiz. Men rahbar bo'lgan ikki yilni olsak bu davrda bir qator tamirlash ishlari olib borildi, baza, basseyn remont qilindi. "Sputnik"da yangi maydon barpo etildi. Maydonlarga suv sepish ishga tushirildi.

Bilaman hozirgi pandemiya vaqtida balki kimlargadir futbol kerak emasdek tuyular, biroq agar hozir klubga yuzaki qarasak ertaga attang qilib qolishimiz aniq. "Nasaf"da poydevor bor, bekorga 3 yildan buyon jamoaning "Nasaf" U-18 chempion bo'lib kelmayapti. "Nasaf"da yosh bolalarning talim olishi ham etibor juda katta. Masalan yaqin vaqt ichida akademiyaga keladigan 6-7 yoshli bolalar haftasiga uch marta rus va ingliz tilini o'rganishadi.

Yigitlarga, murabbiylarga katta rahmat aytaman. Ular o'tgan mavsum qiyin vaziyatga qaramay kumush medallarini qo'lga kiritishdi. Ishonamanki rahbariyat bizni shunday holatda tashlab qo'ymaydi. Takrorlayman agar kimda shubha bo'lsa bemalol kelib tekshirishi mumkin. Sarflangan pullar evaziga nimalar qilingani, nimalar qurilganini ko'rsatamiz. Barchasi shaffof bo'lishi zarur.

Nasib qilsa ertaga futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Murabbiy va futbolchilar bilan ham shartnoma uzaytirish ustida ish olib borilmoqda. 4 nafar futbolchining shartnomasi tugagan, ular yoki chet el klubiga ketishi yoki o'zimizda qolishi borasida muzokara olib borilmoqda. Masalan, Azizjon G'aniev xorijga kettiku. Malumot uchun G'anievning transferidan tushgan pullar evaziga klub qiyin vaziyatda kun ko'rdi. Agar bu transfer bo'lmaganida juda ham qiynalib qolardik.

To'g'ri Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma oldik, lekin unda ishtirok eta olmaymiz. OCHL uchun licenziyadan o'ta olmasligimizga moliyaviy qarzdorlik sabab bo'ldi. Pandemiya tufayli futbolchilardan 5 oylik qarzimiz bor edi. SHu vaqtda licenziyalash amalga oshirildi. Licenziyalashni oxiriga etkaza olmaganlar allaqachon klubdan ketishgan va hozir "Nasaf"da emas.

Maqsadimiz yanvar oyi oxirigacha o'tgan yilgi barcha qarzlardan butunlay qutulish va fevral oyida 2021 yilgi yanvar oyining maoshini berish", - deydi Sergey Kucherenko championat.asia saytiga.

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика