So’nggi yangiliklar

15:37Суперлиганинг 7-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:12ФИНАЛ. "Йокогама Маринорс" - "Ал Айн"  6 14:56ПРЕВЬЮ. "Қизилқум" "Металлург"дан ўтган мавсум мағлубиятлари учун аламини оладими?  0 14:37Эммануэль Эмонкпайр гол урган баҳсда Ўзбекистон U14 терма жамоаси 5:0 ҳисобида ғалабага эришди  5 14:17Олли Уоткинснинг қиз ўртоғи ғирром йўл билан йигитига соврин олиб бермоқчи  5 13:53Мбаппе ПСЖ раҳбарига раҳмат айтмади. Ал Ҳелайфи уни ношукур деб ҳисоблайди  8 13:31"Невилл - Илон Маскнинг футболдаги талқини". Бартон тен Хагни МЮда яна бир мавсум қолдиришга чақирган Гарини танқид қилди  6 13:19ПРЕВЬЮ. "Пахтакор" олимпиячилар имтиҳонидан ўта оладими?  7 12:47"Ливерпуль"нинг янги устози Клоппнинг уйини ҳам эгаллайди  0 12:13Европанинг уч гранди "Сосьедад"нинг 60 млн. евролик футболчиси учун курашади  0 11:02«Ал Насср» ёзда Бундеслига афсонаси билан шартнома тузиши мумкин  7 10:37«Барселона» ҳеч қандай пулга сотилмайдиган тўрт нафар футболчининг номини маълум қилди. Рўйхатда Араухо, де Йонг йўқ  9 10:13Дэвид Бекхэм барча даврларнинг энг кучли футболчи ким деган саволга жавоб берди  38 09:49«Реал Мадрид» Мбаппе учун нечанчи рақамни тайёрлаб қўйгани маълум  29 09:25Германия футболи афсонаси «Бавария»да иш бошлаши мумкин  1

"Nasaf"dagi "Pele" haqida Yangiliklar

"Nasaf"dagi "Pele" haqida

Kuni kecha Qarshining "Nasaf" jamoasi safida "ajdarlar" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Bobir Abdixoliqov OCHLdagi debyut o'yinida gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.



Bobir Abdixoliqov haqida malumot:

Tug'ilgan joyi
: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani. Kamandi qishlog'i.

Tug'ilgan sanasi
: 1997 yil, 23 aprel.

Birinchi murabbiy
: Umar Rahmatullaev ("Nasaf" futbol maktabi)

"Nasaf" akademiyasiga qabul qilingan yili
: 2009 yil.

Otasi: Alisher Jumaev.

Onasi: Gullola Rahmatova.
Oilada kenja farzand.

Yoqtirgan futbolchisi
: Drogba, Torres va Luis Nazario De Lima (Ronaldo), Ro'ziqul Berdiev, Zafar Xolmurodov. 

Muxlislik qiladigan jamoasi
: "Nasaf", "CHelsi", O'zbekiston terma jamoasi va Germaniya terma jamoasi.

Laqabi: Pele.


Koson tumanining Kamandi qishlog'ida katta bo'lgan Bobir Abdixoliqovning futbolga qiziqishga aynan "Nasaf" jamoasining o'yinlari sabab bo'lgan. Bobir Abduxoliqovning otasi Alisher aka o'g'lini 2004 yil Qarshi shahridagi "Mehnat" stadionida bo'lib o'tgan "Nasaf" - "Lokomotiv" (5:1) uchrashuviga olib boradi. Ushbu o'yinda "ajdarlar" mehmon sifatida kelgan "temiryo'lchilar" darvozasiga besh marotaba yo'l topishadi. Zafar Xolmurodovning benefisiga aylangan shouda afsonaviy hujumchi "Loko" darvozasini to'rt marotaba ishg'ol etib etib pokerni rasmiylashtiradi. Aynan shu o'yin orqali Bobir Abduxoliqov millionlar o'yiniga mehr qo'yadi. O'sha uchrashuvdagi Zafar Xolmurodovning betakror harakatlariga oshno bo'lgan Bobir kelajakda futbolchi bo'lishni niyat qiladi. "Nasaf" afsonalari Ro'ziqul Berdiev va Zafar Xolmurodovning o'yinlarini ko'rish maqsadida Bobir o'z otasi Alisher akaga keyinchalik ham "Mehnat" stadioniga olib borishni so'raydi. SHu tariqa Bobir Abduxoliqov futbol shaydosiga aylanadi. Koson tumanidagi 27-maktabda tahsil olib yurgan Bobir 2009 yilda "Nasaf" futbol klubi akademiyasi ochilayotganidan xabar topadi va o'z o'qituvchisidan o'sha erga ko'chib o'tishni so'raydi.


Bobir Abduxoliqovning futbolga bo'lgan yuqori qiziqishini o'z vaqtida payqagan otasi o'g'lini "Nasaf" futbol akademiyasiga borishiga rozilik bildiradi. Bobir Abdixoliqov "Nasaf" futbol akademiyasi qabul qilingan birinchi nihollardan sanaladi. "Nasaf" futbol maktabida Umar Rahmatullaev unga ustozliq qiladi. Bobir Abdixoliqovga "Pele" laqabini ham aynan uning birinchi murabbiyi Umar Rahmatullaev qo'yadi. Bobirning ko'rinishi, harakatlari va o'yinlari braziliyaliklarga o'xshab ketgani bois, ustozi uni "Pele" deb chaqiradi. SHundan so'ng futbol ichidagilar Bobirga "Pele" deb murojaat qilishadi.

2014 yil "Nasaf" o'rinbosarlari tarkibiga jalb etilgan Bobir Abduxoliqov o'z ustida tinmay mehnat qiladi va bir yildan so'ng "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning etiborini tortadi. Ro'ziqul Berdiev o'tgan mavsumning ikkinchi davrasidan boshlab "Pele"ni asosiy tarkibga chorlaydi. "Nasaf" jamoasi safidagi ilk debyutini hujumchi o'tgan yili O'zbekiston kubogi doirasida "Oq-Tepa"ga qarshi o'tkazadi. Eng qizig'i, "Oq-Tepa" - "Nasaf" uchrashuvi 1:1 bo'lib turgan paytda Berdiev zaxiradan "Pele"ni maydonga tushiradi. Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganida "ajdarlar" safidagi o'zining dastlabki o'yinida ishtirok etayotgan Bobir jamoasiga g'alaba keltirgan muhim gol muallifiga aylanadi. "Nasaf" safidagi debyut o'yin "Pele" uchun ham, jamoasi uchun ham omadli bo'ladi.

Bu yildan etiboran esa "Pele" "Nasaf"ninig hujumdagi asosiy quroliga aylanish harakatida. Hozirgacha o'tkazilgan ikkita rasmiy uchrashuvni boshlang'ich tarkibda o'tkazgan Bobir Abdixoliqov o'z harakatlari orqali bunga munosibligini isbotlamoqchi.


OCHL 1-tur doirasidagi "Al Ahli"ga qarshi safar o'yinida Bobir Abdixoliqov o'z o'yini orqali ko'plab muxlislar etiboriga tushdi. 18 yoshli hujumchi OCHLdagi debyut o'yinida ham gol urdi va Berdiev tanlovda adashmaganini isbotladi. O'zbek futbolida aynan "Pele"ga o'xshagan tezkor, chaqqon va golga chanqoq hujumchilar kamayib ketayotgandi. Umid qilamizki, Bobir Abdixoliqov kelajakda bundan kuchli o'yin namoyish etib, terma jamoa miqiyosidagi futbolchi bo'lib etishadi. Asosiysi mehnat qilishni to'xtatmasligi va o'z ustida tinmay ishlashi kerakligini Bobir yaxshigina tushunib turibdi. Hayotda ancha kamtar va sodda ko'ringan Bobir maydonda aksincha harakat qilishi lozim. Hujumchiga eng kerakli bo'lgan jihat qo'rquvsizlik ancha shakllangan bo'lishi kerak. Qishloqda katta bo'lgan Bobir mehnatdan qochmaydi va raqib ko'ziga tik boqishga o'rgangan.

"Nasaf"ning eng ashaddiy muxlisi bo'lgan Bobir Ro'ziqul Berdiev, Zafar Xolmurodov singari futbolchilarni o'zining eng yoqtirgan futbolchilari deb biladi. Jahon futbolidan esa Dide Drogba, Fernando Torres va braziliyalik Ronaldoning o'yinlarini o'zgacha zavq bilan tomosha qiladi. Aynan ularni o'zining kumirlari deb hisoblaydi.

"Nasaf" safida harakat qilishni o'ziga sharaf deb biladigan ushbu hujumchi "ajdarlar"ning hozirgi tarkibidagi futbolchilar bilan birga to'p surayotganidan benihoyat xursand ekanigini alohida takidlaydi.

O'zbek futbolidagi "Pele" nega aynan 45-raqamni tanlagani qiziq. Nega aynan 45-raqamda o'ynashiga qiziqqanimizda ajoyib javobni oldik. Bobirning otasi Alisher aka 45-raqamni yoqtirgani uchun "Pele" ushbu mavsumdan boshlab aynan shu raqamda o'ynab kelmoqda. Kelajakda esa istedodli hujumchi Dide Drogba singari 11-raqamli futbolkani kiyishni niyat qilgan.

Bobir Abdixoliqov "Nasaf" jamoasining asosiy tarkibiga kelgunga qadar ancha mehnat qilgani hech kimga sir emas. Buyog'iga ham yuqori saviyadagi futbolchi bo'lishi uchun bundanda ko'proq mehnat qilishi va mashg'ulotlarda yanada ko'proq ter to'kishiga to'g'ri keladi. Quvonarlisi, buni futbolchining o'zi ham yaxshigina tushunib turibdi. Ushbu futbolchiga kelajakda omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика