So’nggi yangiliklar

09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  1 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  22 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  15 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  9 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5

"Nasaf"dagi barcha muammolar bartaraf qilindimi? Yangiliklar

"Nasaf"dagi barcha muammolar bartaraf qilindimi?

Teglar :  NasafBotir Qoraev
Superliganing 13-turida "Lokomotiv" mehmoni bo'lgan "Nasaf" mezbonlarga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Lokomotiv

Azizbek Amonov - 13', Azizbek Amonov - 38'

Superliga. 13-tur

30/07/2021, 20:00

0
:
2
Tugadi

Nasaf

45'
90'
13'  Azizbek Amonov
38'  Azizbek Amonov
60'  ZHasur ZHaloliddinov (Javohir Sidiqov)
80'  Diyor Turopov (Dilshod Komilov)
80'  Sanzhar Qodirqulov (Sadriddin Abdullayev)
90'  Dilshod Komilov
90'  Abdumavlon Abdujalilov
90'  Javohir Sidiqov (Javohir Abdualimov)
90'  Shuhrat Muhammadiyev (Javohir Alijonov)
46'  Abubakrrizo Turdaliev (Bahrom Abdurahimov)
58'  ZHo'rabek Mannonov (Andriya Kaluderovich)
58'  Murodbek Rahmatov (Doniyor Narzullayev)
89'  Bahrom Abdurahimov
90'  Marko Stanoevich

Uchrashuvdan keyin "ajdarlar" sport direktori Botir Qoraev bilan kichik suhbat uyushtirdik.

— "Mashal"da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan edingiz. "Nasaf"ga qaytish jarayoni qanday bo'ldi?

— To'g'ri, Muborakda edim. Yil avvalida "Nasaf" rahbariyatidan jiddiy taklif bo'lgach, Qarshiga ko'chib o'tdim. Hozir sport direktori sifatida ishlayapman.

— 2021 yilning boshida klub atrofida juda ham xunuk mish-mishlar yurgandi. Hattoki, "Nasaf" yo'q bo'lib ketishi haqida gapirganlar ham bo'ldi. Bu sizni cho'chitmadimi?

— Yo'q, nega qo'rqaman? Uzoq yillar davomida "Nasaf" sharafini himoya qilganman. Futbolchilik davrimda ham pul yo'q paytlar bo'lgan, o'ynaganmiz.

— Mavsum o'rtasiga kelib, barcha muammolar bartaraf qilindimi?

— Moliyaviy jihatdan juda yaxshi deb bo'lmaydi. Lekin harakat qilyapmiz. Nasib qilsa, yaxshi bo'lib ketadi.

— "Nasaf" yana OFK kubogini yutmoqchi. Ammo bugungi jamoani 2011 yilgisi bilan taqqoslash imkonsiz...

— To'g'ri, 2011 yilgi jamoa juda ham tajribali edi. Hozir ko'ryapsiz, tarkibimiz yosh, ammo harakatchan. OFK kubogidagi g'alabaga 10 yil bo'ldi. Yana harakat qilamiz.

— Klubdan erkin agent sifatida ketishi kutilgan Bozorov, Aliqulov singari futbolchilar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolandi. Bu jarayon qiyin bo'ldimi?— Yigitlarning maoshini oshirishimizga to'g'ri keldi. Hozir barcha futbolchilar 2024 yilning oxiriga qadar mo'ljallangan mehnat bitimiga egamiz.

— Transfer oynasida xorijdan Andriya Kaluderovich olib kelindi. Hujumchi yaxshilab o'rganildimi?

— OFK kubogida g'alaba qozonish uchun yaxshi forvard kerak bo'ladi. Bizda bolgariyalik va serbiyalik bir nechta variantlar bor edi. Ularing o'yinlarini ko'rdik va Kaluderovichni tanladik. U kecha jamoa tarkibiga kelib qo'shildi. Yangi muhitga moslashish biroz vaqt oladigan jarayon.

— Murodbek Rahmatovni (sobiq Murod Xo'jamberdiev) OFK kubogida o'ynatish rejalashtirilayotgan ekan. Bu jamoaga muammo tug'dirmaydimi?

— Yo'q, hech qanday muammo bo'lmaydi. Barcha o'z ism va familiyasini o'zgartirish huquqiga ega.

Nega turning markaziy o'yiniga VAR jalb qilinmadi?

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика