“Nasaf” Jiddada ilk mashg'ulotni o'tkazdi
02 mar 2015 16:52
Yangiliklar
“Nasaf” Jiddada ilk mashg'ulotni o'tkazdi
Kecha “Nasaf” futbolchilari OCHL 2-turidan o'rin olgan uchrashuvni o'tkazish uchun Saudiya Arabistoniga yo'l olganligi haqida xabar bergandik.
Qarshidan Jiddaga charter reys orqali safarga chiqqan jamoami delegaciyasi kecha tushdan keyin belgilangan manzilga etib keldi. Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportida jamoamizni “Al-Ahli” klubi vakillari o'zgacha hurmat ehtirom bilan kutib olishdi. Aeroportdan shahar markazidagi “Marriot”mehmonxonaga etib kelgan futbolchilarimiz shu kunning o'zida Jiddadagi “Al-Ahli” klubiga qarashli mashg'ulotlar maydonida ilk mashg'ulotlarni o'tkazishdi.
Bugun jamoamiz azolari bir mahal mashg'ulot o'tkazishadi va raqib jamoa ishtirokidagi o'yin ko'rib chiqishadi. Ertaga o'yinoldi rasmiy tadbirlar – menejerlar mitingi va har ikkala jamoa bosh murabbiyi va futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Aziz NURIY,
Jidda, Saudiya Arabistoni.

championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar